Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Manba: Olmazor tumani hokimi Toshkent shahri hokimiga birinchi o‘rinbosar bo‘ladi
Toshkent shahrining Olmazor tumani hokimi Baxtiyor Rahmonov Toshkent shahri hokimiga o‘rinbosar bo‘lishi kutilmoqda. Kun.uz'ning turli tuzilmalardagi bir necha manbalari bergan ma'lumotga ko‘ra, u Toshkent shahri hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga o‘tadi.
Baxtiyor Sultonovich Rahmonov 1959 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 1981 yilda Kiyev muhandis-qurilish institutini tamomlagan.
Baxtiyor Rahmonov turli yillarda Toshkent shahar hokimining kapital qurilish masalasi bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Mirobod va Sergeli tumanlarida hokim lavozimlarida ishlagan. U 2018 yil mayidan buyon Olmazor tumaniga rahbarlik qilib kelayotgandi.
Kun.uz manbasi xabar qilishicha, 2018 yildan buyon Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Davron Hidoyatov ham boshqa lavozimga tayinlanadi.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 27 yanvar kuni yoshlar bandligi masalasida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida shu hafta bitta viloyat hokimi va bitta vazir ishdan olinishini ma'lum qilgandi.
29 yanvar kuni jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod qilindi.
Mavzuga oid
20:47 / 01.06.2026
Toshkentda transformator yonib ketdi
13:28 / 11.04.2026
Xodimlarga daydi topishni buyurgan Olmazor tumani IIB amaldori ishdan olindi
22:00 / 15.03.2026
Olmazor tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir kishi qurbon bo‘ldi
12:59 / 19.02.2026