Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishini borib ko‘rdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 yanvar kuni Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazining qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi.
Bugungi kunda bino to‘liq qad ko‘targan. Uning markazida ulkan sharqona gumbaz, to‘rt tomonida 34 metrlik peshtoqlar qurilgan.
Davlat rahbari markazni pardozlash va jihozlashga oid loyihalarni ko‘rdi. Markazning ichki va tashqi ko‘rinishi, naqshlari yuzasidan tavsiyalar berildi.


Xonalarni ko‘plab sayyohlar, delegatsiyalar kelishi, xalqaro konferensiyalar o‘tkazilishini inobatga olib zamonaviy jihozlash, ekspozitsiyani turli yoshdagi insonlarga mos holda tayyorlash zarurligi ta'kidlandi.


Shavkat Mirziyoyev shu yerda olimlar, ziyolilar, nuroniylar va mahalla raislari bilan suhbatlashdi.


«Milliy o‘zlikni anglash deb ko‘p gapiramiz. Lekin shunga munosib bo‘lyapmizmi, degan tuyg‘u meni qiynaydi. Ota-bobolarimiz qiyin sharoitlarda, mehnat-mashaqqat bilan qanday buyuk ishlarni amalga oshirgan.
Jadid bobolarimizni ham bekorga qatag‘on qilishmagan. Chunki bilishardiki, ilm, g‘urur, davlatchilik bizning qonimizda bor. Bu yerda hamma buyuk allomalarimizning ovozi eshitilib turadi», – deya davlat rahbaridan iqtibos keltirilgan rasmiy relizda.

Mavzuga oid
11:06 / 30.10.2025
Peter Pellegrini Samarqandga amaliy tashrif bilan yetib keldi
08:48 / 30.10.2025
Shavkat Mirziyoyev YuNeSKO 43-sessiyasining ochilishida qatnashadi
20:04 / 29.10.2025
Xususiy sektorda band bo‘lgan shaxslarga ham nafaqa to‘lanishi yo‘lga qo‘yiladi
13:52 / 29.10.2025