Sobiq vazir rektorlikka tayinlandi
Jismoniy tarbiya va sport vazirligining sobiq rahbari Dilmurod Nabiyev Qarshi davlat universiteti rektori etib tayinlandi. Bu haqdagi hukumat qarori 30 yanvar kuni qabul qilingan.

Dilmurod Hamidullayevich Nabiyev 1978 yilda tug‘ilgan, 2001 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. U 2017 yilning iyunidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan, 2018 yilning iyulida Jismoniy tarbiya va sport vaziri etib tayinlangandi. Nabiyev mazkur lavozimda ikki yarim yil faoliyat yuritdi va 2021 yil 29 yanvar kuni lavozimdan ozod etildi. Hozircha vazirlikka uning o‘rniga yangi rahbar tayinlanmadi.
U rektorlik lavozimida B.Shoimqulov o‘rnida ish boshlaydi.
Bundan avvalroq ishdan olingan sobiq oliy ta'lim vaziri Inomjon Majidov O‘zbekiston Milliy universitetiga rektor bo‘lgan edi. Uy-joy kommunal xo‘jalik vazirligining sobiq rahbari Muzaffar Soliyev esa Nurafshon shahri hokimligiga tayinlangandi. 2020 yil kuzida Sog‘liqni saqlash vazirligini tark etgan Alisher Shodmonov ham Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori lavozimini egallagan.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 16.04.2025
-
Rossiyada ijaraga berilgan kvartiradan to‘rt nafar o‘zbekistonlikning jasadi topildi
Jahon | 23:04 / 16.04.2025
-
Bloomberg Xitoyning AQSh bilan muzokaralar o‘tkazish shartlaridan xabar topdi
Jahon | 23:01 / 16.04.2025
-
Toshkentda yo‘l talashgan Spark haydovchisi temir bilan Matiz haydovchisini urdi
Jamiyat | 22:28 / 16.04.2025
Mavzuga oid

17:05 / 30.11.2021
Super-kontraktga kirgan qizning kontraktini to‘lab bergan rektor tanqidga uchradi

18:57 / 10.02.2021
Sport vazirligi va turizm qo‘mitasi birlashtiriladi, unga Abduhakimov rahbarlik qiladi

21:36 / 29.01.2021
Dilmurod Nabiyev lavozimidan ozod etildi

20:35 / 05.01.2021