Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2021 yilda madaniyat markazlari qurish va ta'mirlash uchun 90 mlrd so‘m ajratiladi
2021 yilda 23ta madaniyat markazini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash uchun davlat budjeti va investitsiya mablag‘lari hisobidan 90 mlrd 172 mln so‘m mablag‘ ajratiladi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligidagi brifingda Madaniyat vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Qurbonmurod Omonqulov xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 2013-2018 yillar mobaynida respublikadagi 269ta madaniyat markazi mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan ta'mirlangan bo‘lsa, 2019-2022 yillarda yana 147ta madaniyat markazi yangi quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan, kapital ta'mirlanadigan va jihozlanadigan muassasalarning tasdiqlangan ro‘yxatiga kiritilgan.
Qurbonmurod Omonqulovning ta'kidlashicha, 2021 yilda 23ta madaniyat markazini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash uchun davlat budjeti va investitsiya mablag‘lari hisobidan 90 mlrd 172 mln so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.
“Mazkur mablag‘lar hisobiga 6ta rekonstruksiya, 17ta kapital ta'mirlash va jihozlash ishlarini amalga oshiriladi”, - dedi Madaniyat vazirligi mulozimi.