Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST ekspertlari Uhan virusologiya institutidagi xavfsizlikni baholashdi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlari missiyasi Uhan virusologiya instituti va uning tarkibiga kiruvchi biologik xavfsizlik milliy laboratoriyasiga tashrif buyurishdi va u yerdagi ishning tashkil etilishini baholashdi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi ma'lum qildi.
Foto: REUTERS/Thomas Peter
Ekspertlarning ta'kidlashicha, ularda institutdagi xodimlarning professionalligi yaxshi taassurot qoldirgan. JSST mutaxassislari tashrif davomida institutdagi tadqiqotchilik ishi, laboratoriyadagi xavfsizlik choralari bilan tanishishgan va xalqaro ilmiy hamkorlik hamda epidemiyalarga qarshi choralarni muhokama qilishgan.
Ta'kidlanishicha, ekspertlar Uhandagi bioxavfsizlik milliy laboratoriyasi JSSTning global sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish uchun tashkil etilgan laboratoriyalari tarmog‘iga qo‘shilishini yuqori baholashgan.
Uhan instituti tarkibiga Xitoyda eng yuqori biologik xavfsizlik darajasi BSL-4 bo‘yicha sertifikatlangan yagona laboratoriya kiradi. Bunday yuqori xavfsizlik darajasi laboratoriya xodimlariga dunyodagi eng xavfli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarini o‘rganish imkonini beradi.
JSST mutaxassislari Uhanga koronavirusning kelib chiqishini bilish maqsadida 14 yanvarda kelishgan. Ular Xitoyga kelgach, ikki haftalik karantinga joylashtirilganlar.
Avvalroq JSSTda koronavirusning birlamchi tarqalish o‘chog‘ini izlashni Uhandan boshlash kerakligi bir necha marotaba ta'kidlangan.
Mavzuga oid
18:24 / 22.05.2026
Ebola yangi shtammiga qarshi vaksina faqat olti-o‘n oydan keyin tayyor bo‘ladi – JSST
20:13 / 19.05.2026
Dunyo yangi global pandemiya ostonasida turibdi – JSST va GPMB
18:48 / 16.05.2026
Hantavirusning tarqalishi jiddiy emas va tez orada barham topishi kerak – JSST
18:50 / 08.05.2026