22:26 / 03.02.2021
7584

Myanmaning hokimiyatdan chetlatilgan rahbarlariga ayblovlar bildirildi

Myanma huquq-tartibot idoralari harbiylar tomonidan hokimiyatdan chetlatilgan prezident Vin Min va davlat maslahatchisi, hukmron partiya yetakchisi Aun San Su Chjiga mamlakatning bir nechta qonunini buzish ayblovini qo‘ydi. 

Vin Min va Aun San Su Chji

Hukmron partiya “Demokratiya uchun milliy liga” a'zosi Chji Toning ma'lum qilishicha, Vin Min tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish haqidagi qonunni, Aun San Su Chji esa import-eksport haqidagi qonunni buzishda ayblanmoqda. Ularni 1 fevraldan 15 fevralgacha hibsda ushlab turishga sud orderlari berilgan.

Politsiya raportida ma'lum qilinishicha, Aun San Su Chjiga qo‘yilayotgan ayblov uning uyida tintuv o‘tkazilganda mamlakatga noqonuniy tarzda olib kirilgan va tegishli ruxsatsiz qo‘llangan ratsiyalar aniqlangani bilan bog‘langan. Vin Min esa koronavirus epidemiyasi vaqtida o‘z rafiqasi bilan mamlakatning ko‘plab hududlariga tashrif buyurgan. Bu esa tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish haqidagi qonunning buzilishi hisoblanadi.

Mavzu
Myanmada harbiylar isyoni
1 fevral kuni Myanmada harbiylar mamlakatning amaldagi rahbari Aung San Suu Kyini hibsga olib, hokimiyat armiya bosh qo‘mondoni Min Auing Hlaingga o‘tganini, bir yil davomida favqulodda holat rejimi amalda bo‘lishini e’lon qilishdi.
Barchasi
Top