Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda bosh vazir va hukumat a'zolari tayinlandi
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Ulug‘bek Maripovni bosh vazir etib tayinlash haqidagi farmonni imzoladi. 41 yoshli Maripov bungacha turli lavozimlarda, jumladan sobiq prezident Almazbek Atamboyevning yordamchisi sifatida faoliyat yuritgan.
“Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Maripov Ulug‘bek Asamidinovichni bosh vazir etib tayinlash haqidagi farmonni imzoladi”, deb ma'lum qilingan prezident matbuot xizmatida.
Avvalroq Jogorku Kenesh Maripovning nomzodini bosh vazir lavozimiga va u tomonidan taklif qilingan hukumat tarkibini ma'qullagandi.
Japarov, shuningdek, hukumatning a'zolarini tayinlash haqidagi farmonni ham imzolagan.
Qirg‘iziston parlamenti qaroriga ko‘ra, avvalgi hukumatning deyarli yarim a'zolari, jumladan bosh vazir birinchi o‘rinbosari Artyom Novikov, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev va tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev o‘z lavozimlarini saqlab qolishgan. Bir necha kun avval qayta tashkil etilgan mudofaa vazirligiga Taalaybek Omuraliyev rahbar etib tayinlangan.
Qirg‘izistonning yangi hukumatida vazirliklar va boshqarmalar soni avvalgi hukumatga nisbatan deyarli 2 marta qisqartirilgan.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026