Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya uch nafar yevropalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuboradi
Rossiya TIV yevropalik diplomatlar 23 yanvar kungi norozilik namoyishlarida qatnashganligini va buni qabul qilib bo‘lmasligini bildirmoqda.
Rossiya Aleksey Navalniyni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘tkazilgan mitingda qatnashgani sababli Germaniya, Polsha va Shvetsiyaning uch nafar diplomatini mamlakatdan chiqarib yuboradi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib EU Observer xabar berdi. Ushbu xabarni Rossiya tashqi ishlar vazirligi tasdiqladi.
Vazirlikning ma'lum qilishicha, Shvetsiya va Polshaning Sankt-Peterburgdagi bosh konsulliklari va Germaniya elchixonasi xodimlari Moskvada 23 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan noqonuniy aksiyalarda qatnashganligi sababli diplomatlarga protest e'lon qilingan.
«Ularning bunday harakatlari nomaqbul hisoblanadi va ularning diplomatik maqomiga to‘g‘ri kelmaydi», — deyiladi tashqi ishlar vazirligi xabarida.
Diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga muvofiq, diplomatlar persona non grata deb e'lon qilingan, ularga yaqin vaqt ichida Rossiya hududini tark etishlari lozimligi bildirilgan.
Uch nafar diplomatning chiqarib yuborilishi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va YeIning tashqi va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel o‘rtasida Moskvada bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomida ma'lum bo‘lgan.
Qayd etilishicha, muzokaralar vaqtida Borrel mazkur qarorni qoralagan va uni qayta ko‘rib chiqishga chaqirgan. Uning ta'kidlashicha, Vena konvensiyasiga ko‘ra, diplomatlar o‘zlari bo‘lib turgan mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealarni kuzatishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 23 yanvar kuni Rossiyada Aleksey Navalniy va boshqa siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Bunga davolanishdan so‘ng Germaniyadan Rossiyaga qaytgan muxolifatchining hibsga olinishi sabab bo‘ldi.
2 fevral kuni Moskvaning Simonovskiy sudi Aleksey Navalniyga nisbatan 3,5 yilni umumiy tartibdagi koloniyada o‘tash jazosini tayinladi.
Mavzuga oid
22:14 / 08.07.2026
«Bu Putinga aniq ishora» - NATO yangi raketa tizimi uchun 50 mlrd dollar ajratadi
21:27 / 08.07.2026
Tramp Ukrainaning Rossiya ichkarisiga bergan zarbalarini qo‘llab-quvvatladi
18:43 / 08.07.2026
Rossiyada chet el fuqarolarining yashashi qoidalarini kuchaytiradigan qonun qabul qilindi
10:10 / 08.07.2026