16:41 / 05.02.2021
5057
Reklama

The Business Park biznes va hordiq chiqarish markazi: savdolar boshlandi

Zamonaviy hayot qurilish sohasida o‘z qoidalarini ilgari surmoqda. Golden House va The Tower kompaniyalaridan yangi The Business Park ko‘p funksiyali majmua hisoblanadi va u bir hududda umumiy me'moriy uslubda bunyod etilgan turli maqsadga yo‘naltirilgan bir nechta binoni mujassam etadi.

Mixed-use formatidagi loyihalar konsepsiyasi yirik zamonaviy shaharlarda keskin sur'atlarda ommalashib bormoqda. Bunday obektlarda turli vazifani bajarishga mo‘ljallangan kamida uch turdagi tijoriy va/yoki turar joy binolari birlashadi. Misol uchun, bu turar joy va ofis maydonlari, savdo va ko‘ngilochar maydonlar, umumiy ovqatlarish va maishiy xizmatlar joylari, do‘konlar, mehmonxona biznesi, art-maydonlar, sport klublari, tibbiyot markazlari va boshqa obektlar bo‘lishi mumkin.

Shahar muhitida bunday ko‘p funksionallik shunisi bilan nihoyatda qulayki, u vaqt va kuchingizni tejash imkonini beradi. Negaki endi tirbandliklar odatiy holga aylanib borayotgan megapolis bo‘ylab safarlarga benzin va asablarni ketkazmay, bir joyda ham yashash, ham ishlash va ham dam olish mumkin. Kun sayin uylaridan yaqin joydan ofis olayotgan odamlar ko‘payib bormoqda, ammo yaqin atrofdagi rivojlangan infratuzilma – hamkasblar bilan ovqatlanishga chiqish, tushlik paytida mahsulotlar xarid qilish, kerakli dorini topish ham katta ahamiyatga ega. Bo‘sh vaqt bo‘lib qolsa, uni haqiqatan ham zarur ishlarga sarflash mumkin.

Golden House kompaniyasi trendlar o‘rnatishga tayyor, shu bois faxr bilan The Business Park'da sotuvlar boshlanishini e'lon qiladi. Bu Toshkentda mixed-use formatidagi ilk loyihalardan hisoblanadi. Maxtumquli ko‘chasida, poytaxtning yangi tadbirkorlik markazida poytaxtimiz uchun noyob sanalgan turli qavatli biznes va savdo markazlari majmuasi qurilishi ko‘zda tutilgan. 1,8 Ga hududda tijoriy, ofis va hattoki turar joy binolari joy oladi va arxitektura konsepsiyasi ularni o‘zaro uyg‘unlashtiradi. Ular birgalikda yashil tabiatga ega ichki hovli, sayrlar uchun joylar va umumiy ovqatlanish nuqtalari bilan boyitilgan choksiz binolar ketma-ketligini hosil qiladi.

Hozirdanoq birinchi liniyadagi va gavjum yo‘lga qaragan ikki qavatli binoda erkin turdagi maydonlar taklif qilinmoqda. Ular riteyl sohasi uchun nihoyatda qulay joy bo‘ladi. Birinchi va ikkinchi qavatlardan moslashtirilgan tarhlarga va Shell & Core pardoziga ega faol turdagi maydonlar joy oladi. Loyiha shunday ishlab chiqilganki, undagi har bir kvadrat metr samarali ishlatiladi: yo‘laklar kam joy oladi, o‘tkir burchaklar silliqlangan, nofunksional bo‘rtiqlar yo‘q.

Bu yerda supermarketlar, mebel va maishiy texnika do‘konlari, ko‘ngilochar va xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalari (mini-banklar, kimyoviy tozalash xizmati, mobil operatorlar nuqtalri, poligrafiya, go‘zallik saloni, spa-markaz), qahvaxona, brend butiklari va autletlar, fudkort hududlari.

Biznes-park loyihasida o‘sib borayotgan poytaxtning o‘ziga xosliklari, tadbirkorlar hamda atrofda istiqomat qiluvchi aholi manfaatlari inobatga olingan. Savdo maydonlari hajmi nafaqat biznes-park rezidentlarining, balki mehmonlarning ham ehtiyojlarini ham to‘laqonli qondira oladi. Majmua rezidentlari va mehmonlari uchun ikkita: yopiq yerosti va mehmonlar uchun ochiq avtoturargohlar ko‘zda tutilgan.

Maxtumquli ko‘chasi atrofi jo‘shqin sur'atlarda poytaxtning yangi markaziga aylanib bormoqda. Biznes yuritish uchun ham qulay shahar muhiti paydo bo‘lmoqda: so‘nggi yillarda zamonaviy turar joy binolari, savdo markazlari, supermarketlar, maktablar, tibbiyot maskanlari soni ortdi. Yangilangan magistral katta trafikda shaxsiy va jamoat transporti qatnovini ta'minlamoqda. The Business Park'ka yaqin masofada bir necha metro bekatlari, shahar bog‘lari va ko‘plab ijtimoiy-madaniy hamda savdo obektlari mavjud.

Vaqt – bu tom ma'noda pul ekanligini ishbilarmon tadbirkorlar allaqachon tushunib yetishdi. Odamlar kunlarining bir qismini yo‘l va tirbandliklarga ketkazishdan qizg‘anmoqdalar, negaki bu vaqtda ancha zarur ishlarni bajarib qo‘yish mumkin! Hayot sifati va xizmatlar olish tezligi megapolislar aholisi uchun birlamchi o‘rinni egallay boshladi. So‘nggi yillarda London, Pekin, Nyu-York, Moskva kabi ko‘plab megapolislarda development aynan mixed-use loyihalariga urg‘u bermoqda. Aynan o‘sha shaharlarda eng ulkan ko‘p funksiyali majmualar hosil bo‘ldi: Londonda 72 qavatli The Shard minorasi, «Moskva-Siti» MXBM, San-Fransiskoda 400 ming kv. m. maydonga ega Embarcadero Center majmuasi, Xitoyda teatr va qishki bog‘ga ega 500 ta xonadonli Shanghai Centre va boshqalar.

Ko‘p funksiyalilik ko‘plab afzalliklarga ega ekanligi haqida xulosa qilamiz:

  • shahar muhiti yaxshilanadi, bu esa ko‘chmas mulk narxining oshishiga, demak – uning egasining ham daromadi oshishiga sabab bo‘ladi;
  • biznes-paraklar rezidentlari va mehmonlari 20% ko‘proq piyoda va velosipedlarda yuradi: hammasi yaqin atrofda bo‘lganida odamlar mashina xarid qilishga ham erinadi;
  • aholida bo‘sh vaqt paydo bo‘ladi: endi uni yo‘l va tirbandliklarda turish uchun safrlashga hojat bo‘lmaydi;
  • yosh o‘tganda undagi aholi bu yerni tark etishga va ijtimoiy aloqalarni uzishga majbur bo‘lmaydi, negaki hayotiy muhim barcha obektlar piyoda yurish masofasida joylashgan;
  • va nihoyat, Chikago va Michigan universitetlari olimlarining ma'lumotlariga ko‘ra, bunday majmualar aholisi o‘zlarini xavfsizlikda his qilar ekan.

Batafsil ma'lumot olish uchun quyidagi manzil bo‘yicha Golden House savdo ofisiga tashrif buyuring:

Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasi, 3-uy.

Telefon: +998 99 850 11 11

Sayt: www.businesspark.uz

Reklama huquqi asosida

Top