O‘zbekiston | 12:56 / 08.02.2021
5957
3 daqiqa o‘qiladi

Fermerlarning muammolari yengillashmoqda va ish o‘rinlari ko‘paymoqda – Toshkent viloyati fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

Prezidentimiz qishloq xo‘jaligida chuqur qayta ishlashni va sanoatni rivojlantirmasdan ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmasligini har doim ta'kidlab kelmoqdalar.

Birlamchi qayta ishlash sanoatida keyingi yillarda qishloq xo‘jaligida amalga oshirilgan yutuqlarimiz ko‘lami kengayib bormoqda.

Klasterlar bugungi kunda fermerlarni biriktirib, ular o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy - ijtimoiy munosabatlarni barqarorlashishi natijasida raqobatbardoshlikni rivojlantirmoqda, ko‘proq qo‘shimcha daromad olishga va bozorda sotilishiga imkoniyatlarni kengaytirmoqda.

Masalan, paxta tolasini o‘zimizda qayta ishlab, tayyor mahsulot shaklida jahon bozoriga olib chiqilishi – paxta hosilini yetishtirayotgan fermerlarimiz daromadni bir necha barobarga oshirmoqda. Qolaversa, paxta o‘simligidan olinadigan yana bir necha mahsulotlar ham borki, bularning barchasi iqtisodiy samarani bir necha barobarga oshirdi. Eng muhimi, ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Klaster “yagona zanjirda aylanadigan taraqqiyot” – deb behudaga e'tirof etilmayapti.

Birinchidan, sanoatbop xomashyo yetishtiruvchi jabha bo‘lib, yerni ekinga tayyorlashdan, to hosilni yig‘ishtirib olguncha bo‘lgan jarayonni o‘zi ichiga olmoqda.

Ikkinchi, hosilni tola, urug‘, chigit kabi mahsulotlarga aylantirishmoqda.

Uchinchi, paxta xomashyosidan olingan birlamchi mahsulotlar iste'mol uchun tayyor mahsulotga aylantirmoqda. Jumladan, toladan ip-kalava va undan mato, tayyor kiyim-kechaklar, chigitdan o‘simlik moyi, xo‘jalik sovuni, chorva uchun ozuqa, farmatsevtika uchun kerakli mahsulotlar olinmoqda. G‘o‘zapoya qayta ishlanib undan issiqxonalar uchun biogaz tayyorlanmoqda.

To‘rtinchi, haqiqiy zanjir yuzaga kelmoqda. Xususan, olingan ozuqa hisobiga chorvachilik loyihalari amalga oshirilib, undan olingan mahsulotlarni qayta ishlash orqali oziq-ovqat sanoati uchun go‘sht-sut yetishtirish, uni qayta ishlash natijasida esa bozorlarda tayyor mahsulotlarning turlari oshmoqda. Shuningdek, chorvachilik fermer yerlarini yetarli tabiiy o‘g‘it bilan ta'minlamoqda. Bundan tashqari, biogaz olish, u orqali issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish imkoni kengaymoqda.

Beshinchi, paxta terimi davrida majburiy mehnatga barham berildi.

Ayniqsa, suvdan oqilona foydalanish, yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash, tuproq unumdorligini oshirishning ahamiyati har bir fermerning bugungi faoliyatida yaqqol ko‘rinib turibdi.

Toshkent viloyati fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi o‘rinbosari Zoyir Jumayevich Eshnayev

Mavzuga oid