Kun.uz’ga Boyovut tumani hokimi Dilfuza Uralova fermerlar bilan ötkazgan yiğilişdan yozib olingan audio kelib tuşdi. Unda hokim fermerlarni köp yerni egallab olib, bajara olmayotganlikda ayblagan.
Yiğiliş asosan hokimning fermerlarga nisbatan haqorati bilan ötgan. Hududdagi paxta “planini” bajarmagan fermerlar nomma-nom sanalib, ular nega terimni taşkil qilmayotgani tanqid qilingan.
“Mard bölib, ğallani ekib, maysaday qilib yurmaysanmi? Nima qilasan yerni olib, eplolmayotgan bölsang taşla. 100 gektar bölsa, 20 gektarga kuçing yetadimi, 10 gektargami yoki 50 gektargami, bilasan-ku özing neça gektarga kuçing yetişini, noinsof”, degan hokim fermerlarga qarata.
Yiğiliş jarayonida Dilfuza Uralova tumandagi “Abdumandat ota farzandlari” fermer xöjaligi raisi Şuhrat Hojiyevni haqorat qilgan. Bunga javoban fermer hokimdan hurmatini saqlaşni söragan. Hokim esa haqoratga ham qoniqmasdan, IIBga uni qamab qöyişni buyurgan.
Röyxatni öqib turgan xodim “Abdumandat ota farzandlari” fermer xöjaligining 40 gektar paxta dalasi borligi, 109 tonna majburiyat belgilangani, hozirda 80 tonna hosil topşirganini aytgan. Şundan söng hokim va fermer örtasidagi suhbat şunday keçgan:
— “Opa, ikkinçi terim şunday turibdi, “paşti” 30 gektar.
— Harom, men borib terdirib kelaymi, nega terdirmaysan? A, Nimaga?! Gap eşitiş osonmi? Nega terdirib qöymaysan? Nega bajarib qöyib kerilmaysiz?
— Bajaramiz.
— Nimaga şu vaqtgaça bajarmading?
— Şu paytgaça vaqt bölgani yöq.
— Iye, nega vaqt bölmaydi?
— Opa, vaqt bölmadi, ğalla ekdim”.
Suhbat şu nuqtaga kelganida hokim fermerga kuç işlatgan va “padaringga la’nat, eşak”, deya haqorat qilgan. Fermer esa marhum otasini haqorat qilmaslikni söragan. “Bilasanmi mening padarim qaçon ölib ketgan? Tegma padarimga”, degan u. Hokim esa “Tegaman, yuz marta teginaman, noinsof. Iflos, nimaga qilib qöymading?” deya javob qaytargan.












