Mansurbek Yöldoşev – “Aminboy Sharwa” fermer xöjaligi raisi. Uning Kun.uz'ga aytişiça, 26 sentabr kuni soat 17:00 atrofida IIB xodimlari uning dala maydoniga bir neçta avtomaşinalarda kelib, xöjalik işçisining telefonini olib qöyib, işçini maşinalardan biriga ötqazib, olib ketişgan.
IIB xodimlari özlari bilan bitta “Belarus” va ikkita “New Holland” traktorlarini dalaga boşlab kelib, 14 gektarda pişib turgan şolini payhon qilişdi, deydi u.
Dehqonning sözlariga köra, rasmiylar bu işlari bilan uning asosiy daromadini yöq qilişgan.
Holat borasida Kegeyli tuman IIBning munosabatini söradik, ayni paytda izoh berilişi kutilmoqda. Ekinni buziş jarayonida bevosita qatnaşgani aytilayotgan içki işlar xodimlaridan biri esa telefon orqali muloqotda Kun.uz muxbiri ekanimni aytişim bilan, göşakni öçirib qöydi.
Mansurbek Qoraqalpoğiston Respublikasining Kegeyli tumanida fermerlikni 10 yil oldin boşlagan: qariyb 70 gektar önqir-çönqir taşlandiq yerni olib, çorvaçilik yönalişida faoliyatini yölga qöygan. Biroq mahalliy hokimiyat uning egniga paxta va buğdoy “reja”sini ham yuklagan. Fermerning çorvaçiligi esa “saxovat”ga aylangan.
“Paxtadan foyda olmayman, buğdoydan ham, çunki özlari belgilagan narxda hosilni olişadi mendan. Çorva esa “saxovat”ga aylandi – göştni yarmarkada (arzonlaştirilgan narxda – tahr.) sotasan deb majburlaşadi”, – deydi “Aminboy Sharwa” fermer xöjaligi raisi.
Bu gaplarni eşitib, fiğonim falak böladi: “Foydani qayerdan olasiz? Axir, xöjalik qayerdandir daromad olişi kerak!” – savol beraman fermerga. “Şolidan”, – deydi u.
“Bu tom ma’nodagi fermerçilik emas, hokimiyat bilan öziga xos kelişuv böyiça amalga oşirilayotgan yollanma faoliyat”, – degan xulosaga boraman:
“Çorva fermeri bölasan, ammo paxta va buğdoy yetiştirasan, molingni söyib, göştini yarmarkaga berasan, foydangni özing amallaysan”.
— Şunga köngansiz-da, şundaymi? – sörayman “fermer”dan.
— Şunday, boşqa iloj qança – javob beradi u.








