Kun.uz tavalludining 580 yilligi nişonlanayotgan hazrat Navoiy ijodi, asarlari zamiriga singdirilgan umuminsoniy ğoyalar, ularning bugungi kundagi ahamiyati, hazratning e'tiqodiy qaraş va maslaklari haqida navoiyşunoslarni suhbatga tortdi.

Navoiyni dunyoga tanitişdan avval uni özimiz bilib olaylik

Akrom Malikov, Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti magistranti, navoiyşunos

— Har yili an'anaga muvofiq hazrat Alişer Navoiyning ijodini örganiş, asarlarining tarğiboti odatda 9 fevral arafasida boşlanadi. Agar şu tarğibot yil davomida olib borilsa edi, «Özbek Navoiyni öqimay qöysa», deb faryod çekmagan bölardik. Yoki «Har bir kalla, har bir boş Navoiyni öqişi kerak» deya aytilgan gaplar öz tasdiğini topgan bölardi.

Akrom Malik

Keyingi paytlarda şunday bir urinişlar böldiki, Navoiyni dunyoga tanitiş kerak. Buni sun'iy uriniş deb baholayman, ya'niki şart bölmagan bir iş. Çunki biz hali ajdodlarimizni yaxşi tanimaymiz. Nega özimiz yaxşi bilmagan holatda dunyoga tanitişimiz kerak. Garçi turkiy tilda ijod qilgan ijodkor bölsa-da, ommatan aytaman, mohiyatiga yetib borganimiz yöq.

Navoiyni öqigan millat kam bölmaydi

Dilnavoz Yusupova, Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti professori, filologiya fanlari doktori, navoiyşunos

Dilnavoz Yusupova

— Navoiyning öz zamondoşi, tarixçi Xondamir unga nisbatan gözal xulq egasi deya sifat bergan. Şunga monand Xondamir asarini «Makorim ul axloq» deb nomlagan. Aynan uning asarida Navoiy şaxsiyati oçib berilgan.

Qolaversa, Navoiy mahoratli davlat arbobi – yevropaliklar uni birinçi navbatda davlat amaldori, harbiy şaxs sifatida tanişdi. Keyin esa buyuk ijodi borligini ham bilişdi.