O‘zbekiston | 22:31 / 09.02.2021
4967
3 daqiqa o‘qiladi

“Imom Buxoriy” ziyorat turizmi yo‘ldosh telekanali konsepsiyasi ishlab chiqiladi

 «O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni imzolandi. Unda diniy yo‘nalishda ham qator yangiliklar nazarda tutilgan.

Farmonda shunday bandlar bor:

  • Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Fanlar Akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan birgalikda uch oy muddatda buyuk alloma va ulamolarimiz, ayniqsa, Imom Buxoriyning bebaho merosini keng ko‘lamda ommalashtirish va targ‘ib qilish maqsadida, indonez, bengal, malay, turk, arab, hind, urdu, pushtu va boshqa xorijiy tillarda “Imom Buxoriy” ziyorat turizmi yo‘ldosh telekanalini, xorijiy mamlakatlarda uning muxbirlari faoliyat olib borishini nazarda tutgan holda tashkil etish va uni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
  • Samarqand viloyati hokimligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qurilish vazirligi va Qo‘mita bilan birgalikda ikki oy muddatda Imom Moturidiy yodgorlik majmuasini ziyorat markaziga aylantirish hamda atrofidagi 8 nafar buyuk ulamolarning qabrlarini tiklash va obodonlashtirish ishlari konsepsiyasini, uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
  • Samarqand viloyati hokimligi Qo‘mita, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya va Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Samarqand shahrida islom dini, mintaqadagi mavjud din namoyandalari merosi va moddiy madaniy meros obektlarini aks ettiruvchi tematik xiyobonni yaratish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
  • Buxoro viloyati hokimligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Madaniyat vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Buxoro shahrida islom dini tarixi va musulmon olamida mashhur bo‘lgan shaxslar to‘g‘risida ma'lumot beruvchi innovatsion muzeyni qurish va uni rivojlantirish konsepsiyasi bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

Shuningdek mazkur farmonda O‘zbekiston ichida yangi aviareyslar va poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yilishi, mamlakat fuqarolari ham mamlakat ichida turistik yig‘im to‘lashi, qator bayramlarda ishlanmaydigan kunlar kamida 3 kun deb belgilanishi nazarda tutilgan.

Mavzuga oid