Lotin yozuvidagi o‘zbek alifbosi ham isloh qilinadi
Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta'minlash bo‘yicha «yo‘l xaritasi»da lotin yozuvini isloh qilish masalasi ham o‘rin oladi. Bu haqda Kun.uz’ga ishchi guruh a'zolaridan biri ma'lum qildi.

Foto: assembly.kz
Hujjat matni e'lon qilingach, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari «imlo, alifbomiz yana islohsiz qolyapti» mazmunida tanqidiy fikrlarni bildira boshladi. Kun.uz muxbiri normativ huquqiy hujjatda lotin yozuvini isloh qilish masalalari o‘rin olgan yoki olmaganini bilish maqsadida «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqqan guruh a'zolaridan biri bilan telefon orqali bog‘landi.
Ishchi guruh a'zosining so‘zlariga ko‘ra, «Yo‘l xaritasi»dagi ikkinchi bandda lotin yozuvini isloh qilish masalasi ham o‘rin oladi.
«Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta'minlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish bandida shu masala ham ko‘zda tutilgan.
Unga ko‘ra, alifbodagi muammoli hisoblangan «O‘, G‘» kabi harflarning ham isloh qilinishi nazarda tutilgan (suhbatdoshga ko‘ra, eng kamida shu ikki harf isloh qilinadi). Bu orqali yozuvimiz yanada takomillashadi va ming yillab foydalanish mumkin bo‘ladi», dedi manba.
Uning qo‘shimcha qilishicha, guruh a'zolari o‘tgan yilning 20 oktyabridan boshlab bu masala bo‘yicha munozaralar o‘tkazib kelmoqda.
«Bahslar asosan lotin yozuvidagi o‘zbek alifbosini isloh qilish borasida bo‘lyapti. «Yo‘l xaritasi»da belgilangan band bo‘yicha alifbomizning oxirgi, isloh qilingan varianti va nihoyat to‘liq ishlab chiqiladi», dedi suhbatdosh.
11 fevral kuni hukumat qarori bilan Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta'minlash bo‘yicha «yo‘l xaritasi» tasdiqlangani ma'lum qilindi. «Yo‘l xaritasi»da Lotin yozuvidagi o‘zbek alifbosining yangi tahriri asosida «O‘zbek tilining imlo qoidalari»ni tasdiqlash bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish ham belgilangan.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevropaning yetakchi treyler ishlab chiqaruvchisi O‘zbekistonda yangi shu’ba kompaniyasini ochdi
O‘zbekiston | 10:52
-
London va Skandinaviya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 10:17
-
Mers 30 kunlik otashkesim haqida: To‘p - Moskva tomonida
Jahon | 09:31
-
Sharjada bo‘lib o‘tadigan xalqaro kitob yarmarkasida O‘zbekiston paviloni tashkil etiladi
O‘zbekiston | 09:07
Mavzuga oid

23:03 / 07.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi

14:01 / 06.03.2025
WizzAir O‘zbekistonga amalga oshiradigan reyslarida o‘zbek tilida ham xizmat ko‘rsatadi

21:43 / 22.10.2024
“O‘zimiz o‘zbek tilini yaxshi bilmaymiz” – faollar davlat tili mavqeyi haqida nima deydi?

17:58 / 21.10.2024