Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ohangarondagi koloniyada mahbus kaltaklangani aytilmoqda. Sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi
11 fevral kuni OAVda Ohangarondagi 48-sonli manzil-koloniyada mahkum Fayzullo Mayunusov tezkor xodimlar tomonidan ayovsiz kaltaklangani haqidagi xabar tarqaldi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, mahkumga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
«Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashning oldini olish bo‘yicha sektor xodimlari Toshkent viloyatidagi 48-son manzil-koloniyaga borib, mahkum Mayunusov Fayzullo Hasan o‘g‘li bilan yakka tartibda suhbat olib borishdi.
Suhbat yakunlari bo‘yicha ma'lumotnoma tayyorlanib, to‘plangan hujjatlar prokuratura organlariga taqdim etildi va ular tomonidan ekspertlarni jalb etgan holda sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazilishi belgilandi.
Mazkur holat Ombudsman nazoratiga olingan bo‘lib, vaziyatga oydinlik kiritilgach, natijasi bo‘yicha OAVga batafsil ma'lumot taqdim etiladi», – deyiladi axborotda.
Sof.uz xabariga ko‘ra, Fayzullo Mayunusov 1991 yilda Andijon viloyati Izboskan tumanida tug‘ilgan. U 6 yilga hukm qilingan bo‘lib, qamoqxonada telefon ishlatgani uchun «mayor va operlar» tomonidan kaltaklangani aytilmoqda.
Holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi hozircha rasmiy axborot bergani yo‘q.
Mavzuga oid
21:16 / 15.06.2026
Ohangaronda IIB xodimlari pichoqlandi
23:27 / 29.04.2026
Ohangarondagi 14 yoshli qiz bilan bog‘liq holat Bolalar ombudsmani nazoratiga olindi
21:30 / 24.04.2026
Ohangaronda 19 xil sifati kafolatlanmagan dorilar muomalaga kiritilishining oldi olindi
19:23 / 28.02.2026