O‘zbekistondagi ilk xususiy aviakompaniya 2ta Airbus A320-200 samolyotini ijaraga oldi
O‘zbekistonning Qanot Sharq Airlines xususiy aviakompaniyasi Air Lease Corporation kompaniyasidan 2ta Airbus A320-200 samolyotini uzoq muddatga ijaraga oldi.
AQShning Air Lease Corporation kompaniyasi O‘zbekistonning Qanot Sharq Airlines xususiy aviakompaniyasiga 2ta Airbus A320-200 samolyotlarini ijaraga berganini ma'lum qildi.
Kompaniya rasmiy saytida xabar berilishicha, samolyotlarni 2021 yilning mart oyida yetkazib berish rejalashtirilgan.
«Biz Qanot Sharq Airlines ijroiya jamoasi bilan yaqindan hamkorlik qildik va dastlabki ikkita samolyotni ijaraga berish orqali birinchi o‘zbek startap aviakompaniyasini ishga tushirishda ishtirok etishdan juda xursandmiz», deb ta'kidlagan Air Lease Corporation kompaniyasining marketing bo‘yicha vitse-prezidenti.
Qanot Sharq Airlines hududiy aeroportlardan Istanbul, Anqara (Turkiya), Dubay (BAA), Jidda, Madina (Saudiya Arabiston), Moskva, Sankt-Peterburg (Rossiya Federatsiyasi) va Olma-ota (Qozog‘iston) yo‘nalishlarida aviaqatnovlarni amalga oshiradi.
Kompaniya 1998 yilda ro‘yxatga olingan hamda yuk va yo‘lovchi aviatashuvlariga ixtisoslashgan. 2003 yildan 2012 yilgacha kompaniya «O‘zbekiston havo yo‘llari»dan Il-76 samolyotlarini ijaraga olgan va O‘zbekistondagi birinchi xususiy aviakompaniya o‘laroq o‘z charter reyslarini amalga oshirgan. Kompaniya 150 mingdan ortiq yo‘lovchi tashigan. Barcha Il-76 samolyotlari O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga o‘tkazilgach, kompaniyaning ekspluatantlik sertifikati to‘xtatilgan.
Kun.uz muxbiri bilan suhbatda kompaniya ta'sischisi Nosir Abdug‘afforov hududiy texnika ishlab chiqaruvchi uchta yetakchi – Embraer (Braziliya), Bombardier (Kanada) va Sukhoi (RF) kompaniyalari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, parvozlar geografiyasi, parvoz jadvali ishlab chiqilishi rejalashtirilayotganini ma'lum qilgandi.
Rossiya matbuotida Qanot Sharq «Grajdanskiye samoleti Suxogo» kompaniyasi bilan uchta Sukhoi Superjet 100 samolyoti yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Bu xabarlarni kopmaniya rahbari rad etib, shunchaki qiziqish bo‘lgani, hech qanday sharnoma va bitimlar tuzilmaganini aytgandi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ozarboyjon Rossiya bilan ziddiyat kuchayishini istamaydi – Erdo‘g‘an
Jahon | 21:41
-
Qidiruv-qutqaruv operatsiyalari uchun kiborg-qo‘ng‘iz yaratildi
Fan-texnika | 20:08
-
Fermerlarni yangi jazo va majburiyatlar kutmoqda. Qonun loyihasi deputatlar bahsiga sabab bo‘ldi
Iqtisodiyot | 19:24
-
Taniqli turk oshpazi Burak O‘zdemir Bektemir Residence’da restoran ochmoqda
O‘zbekiston | 19:00
Mavzuga oid

19:03 / 26.06.2025
Uzbekistan Airways ikkita yangi Airbus A321neo samolyotlarini olib keladi

14:41 / 05.05.2025
O‘zbekiston Fransiyadan 14 ta yangi Airbus samolyotini xarid qiladi

23:54 / 21.04.2025
Orlandoda yo‘lovchi samolyotida yong‘in chiqdi

19:09 / 21.04.2025