Sport | 22:42 / 19.02.2021
10111
1 daqiqa o‘qiladi

Sharofiddin Boltaboyev - dzyudo bo‘yicha «Katta Dubulg‘a» chempioni

Isroil poytaxti Tel-Avivda dzyudo bo‘yicha «Katta Dubulg‘a» turniri davom etmoqda. 

Ikkinchi kungi bahslarda 81 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan o‘zbekistonlik dzyudochi Sharofiddin Boltaboyev barcha bellashuvlarda g‘alaba qozonib, turnir chempioniga aylandi va Tokio Olimpiadasi yo‘lida 1000 ochkoni qo‘lga kiritdi. 

Boltaboyev finalgacha Dorin Gotonoaga (Moldova), Aleksandr Vizerchak (Germaniya), Styuart Mavkatt (Buyuk Britaniya) va Fran de Vitdan (Niderlandiya) ustun kelgan bo‘lsa, hal qiluvchi bahsda mo‘g‘ulistonlik Said Mullaini mag‘lub etdi.

Shu tariqa ushbu turnirda O‘zbekiston milliy jamoasi hisobidagi medallar soni 3taga yetdi. Bungacha Sardor Nurillayev va Muhriddin Tilovov bronza medalini qo‘lga kiritishgandi.

Mavzuga oid