Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari tuman IIBga ishga o‘tkazildi

Foto: Senat matbuot xizmati
Polkovnik Mahkam Mirjonovich Vafoyev Olmazor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish Boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Mahkam Vafoyev muqaddam Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. U 2020 yil fevralidan buyon Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari - huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.
- 2020 yilning yozida Olmazor tumani IIO FMB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi maxsus topshiriqlar bo‘yicha inspektori podpolkovnik Farrux Xolov «plan»ni to‘ldirish uchun kuniga 5tadan ma'muriy bayonnoma tuzishga topshiriq bergani ma'lum bo‘lgandi. U boshqarmada bo‘lib o‘tgan majlis vaqtida Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Mahkam Vafoyev boshchiligida o‘tgan katta majlisda e'tiroz eshitganini ta'kidlab, barcha ichki ishlar organlari xodimlarini qattiq koyigan va har bir profilaktika inspektori turli moddalar bo‘yicha kuniga 5tadan ma'muriy bayonnoma tuzishi haqida topshiriq bergani aks etgan audio ham tarqalgandi.
So‘nggi yangiliklar
-
Istanbul yaqinida zilzila sodir bo‘ldi
Jahon | 15:48
-
O‘zbekiston prezidenti Rossiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi
O‘zbekiston | 14:50
-
Urushni muzlatmoqchi bo‘layotgan Putin va Trampga qarshi chiqqan AQSh universitetlari - kun dayjesti
Jahon | 14:20
-
Trampning tinchlik rejasi bo‘yicha Ukraina va Rossiyaga nima taklif qilingani ma’lum bo‘ldi
Jahon | 13:52
Mavzuga oid

18:58 / 18.04.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

20:45 / 15.04.2025
Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

17:07 / 07.04.2025
Zaynilobiddin Nizomiddinov tuman hokimi bo‘ldi

16:38 / 18.03.2025