Iqtisodiyot | 19:02 / 23.02.2021
26262
3 daqiqa o‘qiladi

Yana 129ta «obnalchi» firma aniqlandi - DSQ

Davlat ulushiga ega 206ta tashkilot esa «obnalchilar» xizmatidan foydalangani ma'lum bo‘ldi.

Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi axborot xizmati

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev QQS  «to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarni kamaytirib ko‘rsatish va qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini noqonuniy hisobga olish» bilan shug‘ullangan 129ta korxona aniqlanganini ma'lum qildi. Qo‘mita raisi 23 fevral kuni o‘tgan tadbirkorlar bilan uchrashuvda shubhali korxonalar ro‘yxati yangi nomlar bilan kengayib borayotganini aytgan.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, shu paytgacha «obnalchilar» xizmatidan foydalangan 206ta davlat ulushiga ega tashkilot (120ta davlat korxonasi (47,3 mlrd. so‘m) va 86 ta davlat ulushi mavjud (48,1 mlrd. so‘m) ham aniqlangan.

«Obnalchilar» – halol ishlaydigan tadbirkorning birinchi va yagona dushmani. Negaki, ular boshqa insofli soliq to‘lovchilar biznesiga putur yetkazmoqda. Ularning noqonuniy harakati bo‘yicha to‘plangan materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi», – deydi Kudbiyev.

Ta'kidlanishicha, ushbu xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar o‘z faoliyati davomida qalbaki operatsiyalarni amalga oshirib, budjetga to‘lanadigan soliq summalarini kamaytirgan hamda 10 mingga yaqin korxona ular bilan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirib, qariyb 1 trillion so‘m miqdoridagi qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini hisob (zachet)ga olgan holda budjetga soliq to‘lamagan.  

Avvalroq DSQ tomonidan «obnalchi firmalar» bilan kurash boshlangani, «obnalchilar» mojarosi yuzasidan tadbirkorlarning noroziligi haqida ma'lumot berilgan edi.

Ushbu masalada tadbirkorlar bilan yetarlicha ishlamagan Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari ishdan olingan edi.

Ayni paytda Davlat soliq qo‘mitasining «Lozim darajadagi ehtiyotkorlik» tizimi orqali aniqlangan 396ta shubhali korxona bilan aloqada bo‘lgan 2960ta korxona, dastlabki tekshiruv natijalariga ko‘ra, soliq xavfi past bo‘lgani uchun hisobraqamlariga kiritilgan inkasso topshiriqlari joriy yil birinchi martiga qadar bekor qilingan

Mavzuga oid