Samarqand shahrida yangi masjid quriladi
Samarqand shahridagi Dahbed yo‘li ko‘chasida homiylik yordamlari asosida yangi masjid quriladi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Foto: Kun.uz
1 mart kuni viloyat qurilish boshqarmasining shaharsozlik kengashida Samarqand shahrida qurilishi rejalashtirilgan bir qator obektlar loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda turli binolar bilan birga Dahbed yo‘li ko‘chasida qurilishi rejalashtirilayotgan yangi masjid binosining loyihasi ham kengash a'zolariga taqdim etilgan. Taqdimot muhokamasida Erkinjon Turdimov ham ishtirok etgan va loyihalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirgan.
Qayd etilishicha, Mehroj Zohidov tomonidan taqdim etilgan loyihaga ko‘ra, yangi masjid sharqona binokorlik an'analariga hamda Samarqand shahridagi tarixiy binolarga hamohang tarzda quriladi. Masjid oldidagi ko‘chada tirbandlikning oldini olish uchun jami 900 ta avtomashina sig‘imiga ega ikki va to‘rt qavatlik avtoturargoh ham bunyod etiladi.

Ma'lum qilinishicha, mazkur yangi masjid loyihasini amalga oshirish tashabbusi Motriddagi 9 ta mahallada istiqomat qiluvchi 130 nafar tadbirkor tomonidan bildirilgan. Ular homiylik qilgan holda masjidni barpo etishadi.
4 qavatli avtoturargohni o‘z ichiga olgan mazkur masjid loyihasi bo‘yicha mutaxassislar o‘z takliflarini bildirishgan. Loyiha mualliflariga uni qayta ishlab yanada takomillashtirish topshirig‘i berilgan.
Dahbed ko‘chasining Motrid qo‘rg‘oni qismidan o‘tgan yo‘l ustidagi eski masjid o‘rnida quriladigan mazkur masjid loyihasi haqida viloyat hokimi: «Samarqanddagi tarixiy masjidlar qanday ko‘rinishda barpo etilgan bo‘lsa, bu masjid ham o‘shanday barpo etiladi. Chunki bu Dahbedda quriladi», deb fikr bildirgan.
Ta'kidlanishicha, shaharsozlik kengashida jami 14 ta loyiha muhokamasi bo‘lib o‘tgan va ularning aksariyati qayta ishlash uchun qaytarilgan.
Ma'lumot uchun, avvalroq, Samarqand shahrida yangitdan barpo qilingan Qorasuv mavzesida yangi jome masjid qurilishi rejalashtirilayotgani, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov uning loyihasi bilan tanishgani, shuningdek, Urgut tumanida Samarqand viloyatidagi eng yirik masjidlardan biri barpo etilgani xabarlari berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eng badavlat 1 foiz odamning boyligi 33,9 trillion dollarga ko‘paydi
Jahon | 16:24
-
Harbiy xarajatlarni oshirayotgan Yevropa va NATO mudofaasiga sodiq Tramp - Haagadagi sammit tafsilotlari
Jahon | 15:45
-
XVJ O‘zbekistonda «soliq yuki»ni kengaytirishni taklif qildi. Iqtisodchi berilgan tavsiyalarni keskin tanqid qildi
Iqtisodiyot | 15:45
-
“O‘rnimda boshqa odam bo‘lganda ham shu ishni qilardi” - bolakayni qutqargan YPX inspektori haqida
Jamiyat | 15:35
Mavzuga oid

16:39 / 23.06.2025
Saida Mirziyoyeva BMT Davlat xizmati forumida ishtirok etdi

12:50 / 23.06.2025
Samarqandda BMTning Davlat xizmati forumi o‘z ishini boshladi

19:04 / 21.06.2025
«Aeroflot» Moskvadan Samarqandga muntazam parvozlarni tiklaydi

11:40 / 20.06.2025