Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
O‘zbekiston bosh prokurorining buyrug‘iga asosan, Namangan viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Baxtiyor Ismoilov Farg‘ona viloyati prokurori etib tayinlandi.
Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, ushbu tayinlov Farg‘ona viloyati hokimligida bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev, viloyat hokimi Xayrulla Bozorov, viloyat sektorlari hamda boshqarma-tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirokidagi yig‘ilishda e'lon qilingan.
Baxtiyor Ismoilov 2003-2015 yillar davomida Andijon viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda mehnat qilgan, 2015-2016 yillarda Bosh prokuratura Sud qarorlarini ijro etishda va qamoqqa olinganlarni saqlashda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat boshqarmasi katta prokurori bo‘lgan.
U 2017-2021 yillarda Farg‘ona viloyati prokurori o‘rinbosari, Farg‘ona viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Avvalroq, Farg‘ona viloyati prokurori lavozimida ishlab kelgan Ulug‘bek Qosimov Toshkent shahrining yangi prokurori etib tayinlangandi.
Mavzuga oid
08:24 / 13.04.2026
DXX tezkor tadbiri: Qo‘qonga olib ketilayotgan dorilar to‘xtatildi
20:33 / 10.04.2026
So‘xni Farg‘ona bilan bog‘laydigan eng qisqa yo‘nalishda yangi yo‘l quriladi
20:16 / 09.04.2026
Shavkat Mirziyoyev So‘x tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
23:34 / 07.04.2026