Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ruhoniy AQSh sanksiyalarining bekor qilinishi yadroviy kelishuvni saqlab qolishning yagona yo‘li ekanligini aytdi
2020 yil dekabrda qabul qilingan qonunga muvofiq, Eronda 23 fevraldan yadroviy obektlarning Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) tomonidan nazorat qilinishi cheklandi.
Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuv muhokama qilinmaydi va AQSh sanksiyalarining bekor qilinishi uni saqlab qolishning yagona yo‘li hisoblanadi. Bu haqda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron bilan telefon orqali muloqotida aytdi.
"Yadroviy kelishuv qayta muhokama qilinmaydi va uni saqlab qolishning yagona yo‘li – bu AQSh tomonidan sanksiyalarning bekor qilinishi", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda ISNA agentligi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, "Eron o‘z majburiyatlarini bajarishni kamaytirishiga AQShning yadroviy kelishuvdan chiqishi va bergan va'dalarini bajarmaganligi sabab bo‘ldi".
2020 yil dekabrda qabul qilingan qonunga muvofiq, Eronda 23 fevraldan yadroviy obektlarning Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) tomonidan nazorat qilinishi cheklandi.
Shu bilan birga, Eron XAEA 23 fevraldan boshlab yadroviy obektlardagi kuzatuv kameralari ma'lumotlariga kirishdan mahrum bo‘lishini, ammo ushbu ma'lumotlar AQSh sanksiyalari bekor qilinishi ehtimoli uchun uch oy davomida saqlanishini bildirdi. Ta'kidlanishicha, agar Vashington ushbu muddat ichida yadroviy kelishuvga qaytmasa, kameralar qayd etgan barcha ma'lumotlar o‘chirib tashlanadi.
Mavzuga oid
00:39
Eron Isroilga raketalar to‘lqinini yo‘lladi
23:17 / 07.06.2026
Aviakompaniyalar Erondagi urush sababli 100 mlrd dollar yo‘qotadi - hisobot
20:25 / 07.06.2026
Tramp Xominaiy bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarga tayyorligini bildirdi
19:47 / 07.06.2026