Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik dzyudochilar Toshkent «Katta Dubulg‘a» turniri birinchi kunida ikkita medalni qo‘lga kiritdi
5-7 mart kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan turnirning birinchi kunida bahslarda qatnashgan o‘zbekistonlik dzyudochilardan Komron va Sardor Nurillayevlar ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Xalqaro dzyudo federatsiyasi musobaqalar taqvimiga ko‘ra Toshkentda ilk bor dzyudo bo‘yicha «Katta Dubulg‘a» turniri o‘tkazilmoqda. Musobaqa «Humo arena» muz saroyida bo‘lib o‘tmoqda.
Turnirning birinchi kunida erkaklar va ayollar — jami 5 vazn toifasida tatamiga tushdilar.

Turnirda maksimal tarkib bilan ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik dzyudochilar -60, -66 kgda vaznlarda medallargacha yetib bordi. Ushbu vazn toifalarida ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi.
-60 kgda turnirda ishtirok etgan Komron Nurillayev bronza medali uchun bahsda tojikistonlik Shahboz Saidabrorovdan ustun keldi.

Ikkinchi bronza medalini -66 kgda tajribali dzyudochi Sardor Nurillayev qo‘lga kiritdi. U medal uchun yakuniy bellashuvda janubiy koreyalik raqibidan ustun kelgan.
Mavzuga oid
23:41 / 14.09.2025
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionatida tengsiz bo‘ldi
19:53 / 27.02.2025
Shavkat Mirziyoyev Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbarini «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi
13:43 / 19.10.2024
Toshkentda harbiylar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazildi
17:16 / 03.08.2024