Sport | 20:01 / 06.03.2021
4981
1 daqiqa o‘qiladi

Dzyudo. Boltaboyevda kumush, Matniyazovada bronza - Toshkent «Katta Dubulg‘a» turniri ikkinchi kuni yakunlandi

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha xalqaro turnirning ikkinchi kunida o‘zbekistonlik dzyudochilar ikkita medalga ega chiqdi.

Foto: O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Tel-Aviv «Katta Dubulg‘a» turniri chempioni Sharofiddin Boltaboyev Toshkent «Katta Dubulg‘a» musobaqasining kumush medaliga sazovor bo‘ldi. 

-81 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan qoraqalpog‘istonlik dzyudochi hal qiluvchi final bellashuvida italiyalik Kristian Parlatiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Sharofiddin kumush medal bilan birga qimmatli 700 reyting ochkosini ham qo‘lga kiritdi.

Turnirning ayollar o‘rtasidagi -70 kg vazn toifasidagi bronza medali uchun bahsda o‘zbekistonlik Gulnoza Matniyazova sloveniyalik Anka Pogachnikka qarshi tatamiga chiqdi va bir necha soniya ichida ippon bahosi bilan g‘alaba qozondi. Matniyazova Toshkent «Katta Dubulg‘a» turnirining bronza medali hamda qimmatli 500 reyting ochkosini qo‘lga kiritdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid