Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bizning Uylar Development kompaniyasi eng yorqin bayram – 8 mart bilan tabriklaydi!
Bizning Uylar Development kompaniyasi barcha ayollarni bahorning eng yorqin bayrami 8 mart bilan tabriklaydi.
Kirib kelgan bahor fasli hamda ushbu ajoyib bayram hayotimizdagi ijobiy o‘zgarishlar ramzi bo‘lsin. Nafaqat bayram arafasida, balki har bir kunimiz tabassumga, quvonchlarga, muvaffaqiyat va yoqimli hodisalarga boy bo‘lsin!
Aziz ayollar, hurmatli opa-singillar doimo ko‘zlaringizda quvonch va tabassum porlasin. Siz maftunkorsiz, siz baxtga loyiqsiz. Hayotdagi bo‘shliqni to‘ldiradigan mehringiz, e'tiboringiz, sabringiz uchun tashakkur. Siz erkaklarni qahramonlik, yorqin g‘alabalar va yangi marralarni zabt etishlariga ilhomlantirasiz. Dunyo siz bilan yanada yorqinroq va go‘zaldir. Qalbingizdagi iliqlik va mehr hayotimizdagi barcha qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi.
Doimo xonadoningizdan farovonlik, bolalarning quvnoq kulgisi arimasin. Uyingizda do‘stona muhit, xotirjamlik bo‘lsin! Sizga mustahkam sog‘liq, kuch-shijoat tilaymiz. Barcha orzularingiz ro‘yobga chiqsin. Sevib, sevilib baxtga burkanib yuring. Hayotingiz quvonchlarga, baxt-saodatga to‘la bo‘lsin! Yana bir bor, bahorning eng yorqin bayrami muborak bo‘lsin!
Bizning Uylar Development kompaniyasi
Instagram: @bizninguylar
Facebook: fb.com/bizninguylar
Telegram: t.me/bizninguylar
Sayt: bizninguylar.uz
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
09:00 / 18.06.2021
Manzara turar joy majmuasidan ta'mirlangan xonadonlar egasi bo‘ling!
09:00 / 15.06.2021
Yangi ChoshTepa turar joy majmuasidan foydali takliflar bilan shinam xonadon egasiga aylaning
09:00 / 13.06.2021
Olmazor Business City turar joy majmuasi: yer osti avtoturargohi
09:00 / 10.06.2021