Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 oktyabrgacha O‘zbekistonga sement olib kirishda bojxona boji to‘lanmaydi
Bu haqda prezidentning «Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta'minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonida belgilandi.
Foto: Getty Images
Farmonga ko‘ra, uy-joylar narxini arzonlashtirish maqsadida 2021 yil 1 apreldan yangi tartib doirasida:
- ko‘p kvartirali uy-joylar qishloq joylarda 5 va undan yuqori qavatli, shaharlarda 9 va undan yuqori qavatli, monolit temir-beton va yirik panelli konstruksiyalar hamda boshqa qurilish materiallari asosida massiv shaklida quriladi;
- uy-joy quruvchi tashkilotlar uchun mo‘ljallangan sement hamda metall prokati bo‘yicha alohida birja savdo seksiyasi joriy qilinadi;
- 2021 yil 1 oktyabrgacha sement mahsulotini (TIF TN kodi 2523) O‘zbekistonga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladi.
2021 yil 1 maygacha yakka tartibdagi uy-joylarning namunaviy loyihalari ishlab chiqilib, Qurilish vazirligi rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Shuningdek, prezident imzolagan yangi farmonda 2021 yil davomida respublikada 33 mingdan ortiq kvartira va yakka tartibdagi uy-joylar ipoteka kreditlari asosida berilishi belgilangan.
Avvalroq, prezident o‘tkazgan yig‘ilishda qurilish sifatini oshirish mas'uliyati bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov zimmasiga yuklatilgandi. «Tsement ishlab chiqarish bu yil 16-17 million tonnaga yetkaziladi. Ammo qurilishlar hajmi ham ikki barobar ortadi va bizda 40 million tonnaga yaqin sement zarurati bo‘ladi», degan hukumat rasmiysi.
Mavzuga oid
09:21 / 04.12.2025
Ayrim oziq-ovqat mahsulotlarini bojsiz olib chiqish me’yorlari e’lon qilindi
15:08 / 27.11.2025
Bojxona kodeksiga qo‘shimcha bojlar bo‘yicha o‘zgartishlar kiritildi
11:09 / 26.11.2025
O‘zbekistonga shaxsiy ehtiyoj uchun tovar olib kirishdagi limitlar qayta ko‘rib chiqiladi
12:22 / 18.11.2025