Qayd etilişiça, "axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyat" kompyuterlar va ma'lumotlarni qayta işlaş tizimlaridan foydalangan holda sodir etiladigan jinoiy qilmiş bölib, buning uçun qonunçilikda jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan. Şu bois, fuqarolar örtasida axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar töğrisida ma'lumotlar tarqatiş va tarğibot-taşviqot işlarini olib boriş zarur.
IIVga köra, axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarning ayrim turlari quyidagiça:
- virusli dasturiy ta'minotni tarqatiş;
- foydalanuvçi maxfiy ma'lumotlarini öğirlaş;
- boşqalarning intellektual faoliyat mahsulotlarini öğirlaş;
- ijtimoiy tarmoqlarda boşqalar akkauntini buziş;
- yolğon ma'lumot tarqatiş, tuhmat qiliş;
- millatlararo nizo yoki dinlararo adovatni qözğatiş;
- bank plastik kartalari (karta rekvizitlari) bilan noqonuniy operatsiyalar;
- qimmatli qoğozlar bozoridagi Internet-firibgarlik;
- Internetdagi moliyaviy piramidalar;
- mobil aloqa bilan boğliq jinoyatlar;
- elektron tijorat sohasidagi boşqa jinoyatlar.
Vazirlik Internet foydalanuvçilari uçun ularga nisbatan sodir etilişi mumkin bölgan noqonuniy huquqbuzarliklar oldini oliş böyiça ba'zi tavsiyalarni berdi.
Ular:
- Internetga kirişda zararli faoliyatga qarşi kuraşiş uçun möljallangan maxsus dasturiy ta'minotga ega qurilmalardan foydalaning, ularni öz vaqtida yangilab turing;
- xavfsizlikka javob beradigan yangilanişlar örnatilgan, boşqa dasturiy ta'minot joriy versiyalariga ega bölgan operatsion tizimdan foydalaning;
- saytlardan foydalanganda ular taşqi körinişiga, veb-manziliga e'tibor bering, ehtimol siz uning soxta nusxasiga kirgansiz;
- şaxsiy ma'lumotlarni faqat xavfsiz protokollardan foydalanadigan veb-saytlarga kiriting (odatda, brauzerda bunday sayt manzili yonida yaşil fonda blokirovka belgisi körsatiladi);
- turli xil saytlarda bir xil login va parollardan foydalanmang;
- juda yengil yoki osongina taxmin qilinadigan parollardan foydalanmang (tuğilgan sana, telefon raqamlari va hokazo);
- imkon qadar foydalanuvçi nomi va parolni kiritişdan taşqari, vaqtinçalik kod kiritişni talab etuvçi, ikki martalik autentifikatsiyadan foydalaning, odatda SMS-xabar yoki “PUSH” xabarnomasi şaklida mobil telefoningizga yuboriladi;
- kutilmagan yoki tasodifiy kelgan elektron poçta xabarlaridan ehtiyot böling, hatto jönatuvçini bilsangiz ham, heç qaçon içidagi qöşimçalarni oçmang yoki bunday elektron poçta manzilidagi havolalardan foydalanmang;
- hisob ma'lumotlarini talab qiladigan elektron poçta xabarlaridan ehtiyot böling (moliya muassasalari deyarli heç qaçon elektron poçta orqali moliyaviy ma'lumotni söramaydilar), heç qaçon himoyalanmagan Internet kanallari orqali moliyaviy ma'lumotlarni yubormang;
- döstlaringizdan moliyaviy operatsiyalarni amalga oşiriş yoki moliyaviy ma'lumotlar uzatişni rağbatlantiruvçi xabarlar olganingizda, uşbu ma'lumotni boşqa aloqa kanallari (şaxsiy uçraşuv, telefon qönğiroği, ovozli xabar yöllaş imkoniga ega messenjer) yordamida tekşiring yoki öta oğir holatlarda javoblarini uçinçi şaxslar bilişi mumkin bölmagan nazorat savollarini beriş orqali suhbatdoşingiz şaxsiga aniqlik kiriting;
- Internet orqali tölovlarni amalga oşirişda, iloji bölsa, “Visa” va “MasterCard” xalqaro tölov tizimlari uçun “3D Secure” kabi tölovlarning qöşimça xavfsizligini ta'minlaş texnologiyalaridan foydalaning;
- özini bank xodimi deb taniştirgan va bank kartangiz ma'lumotlarini berişingizni söragan notaniş odamlar bilan heç qaçon telefonda gaplaşmang;
- bank kartangiz ma'lumotlarini xavfsiz joyda saqlang, ularni heç kimga aytmang, xabar bermang yoki SMS orqali yubormang;
- qayd etiş yozuvlaringizning saqlanib qolişi uçun döstlaringiz va yaqinlaringiz doirasini çeklang. Şaxsiy ma'lumotlaringizni heç qaçon yangi onlayn döstlar bilan baham körmang. Tuğilgan sana, elektron poçta manzillari yoki parol sifatida işlatilişi mumkin bölgan uy hayvonlari ismlari haqidagi ma'lumotlarni ommalaştirişdan saqlaning. Uşbu ma'lumotlarning barçasi professional haker uçun juda foydali bölişi mumkin;
- “Diqqat! Sizning akkauntingiz buzib taşlandi. Akkauntingizni tasdiqlaş uçun qönğiroq qilişingiz kerak. Bizga xabar yuboring, biz sizni qayta çaqiramiz” kabi xabarlardan ehtiyot böling;
- “Click jacking” qurboniga aylanmang. Bu şunday turdagi kiberhujumki, birinçi qaraşda ular zararsiz kontentga öxşab körinadigan giperhavolalarni özida saqlaydi. Biroq, giperhavolani bosiş zararli dastur uçun yöl oçadi, bu sizning kompyuteringizga tajovuz qilişi yoki sizning şaxsiy ma'lumotlaringizni çetga uzatişi mumkin;
- elektron poçta manzillarida va veb-saytda, agar siz ular bilan iş olib boradigan obröli moliyaviy muassasalar nomini öz içiga olgan bölsa ham, URL manzillarini diqqat bilan körib çiqing. Eng keng tarqalgan hiyla - bu qonuniy veb-sayt nomi va soxta narsalar kombinatsiyasi. Uşbu manzillar köpinça qonuniy körinişda hakerlik faoliyati bilan boğliqligini yaşiradigan nusxa köçiradigan saytlarga olib keladi. Ba'zida URL qonuniy bölişi mumkin, ammo havolani bosganingizda u boşqa saytga olib boradi.












