100 ming dollarlik “öyin”: Marğilondagi bir jinoyat tafsiloti
|22:21 / 05.04.202579 89011 min
Farğona viloyatining Marğilon şahrida ğalati jinoyat sodir etildi: jabrlanuvçining arizasi bilan firibgarlikda gumonlangan şaxs uşlanib, qamoqqa olingan. Dalillar bor, guvohlarning körsatmasi aniq. Ammo sönggi lahzada barçasi teskari özgarib, 40 kun qamoqda yotgan gumondor aslida jabrlanuvçi, jabrlanuvçi esa jinoyatçi bölib çiqdi. Jinoyatçining detektiv kinolardagi kabi 100 ming dollarlik “öyini” hatto tergovçilarni ham çalğita olgan.
Biznes şeriklar
Toşkent şahrida yaşovçi Zayni Eşonqulov poyabzal savdosi bilan şuğullangan. U poytaxtdagi Eşonguzar bozorida oyoq kiyim sotgan. Marğilonlik Şohnur Xalilov esa Zayni Eşonqulovning biznes şerigi bölgan.
Bu ikkovlon bir marta özaro hamkorlik qilişgan. Ya’ni Marğilondagi poyabzal işlab çiqaruvçi korxona dileri bölgan Şohnur Xalilov Zayni Eşonqulovga 50 mln sömlik şippak bergan. Ammo Eşonqulov yoz mavsumi davomida uşbu tovarning barçasini sota olmagan hamda Xalilovdan 17 mln söm qarz bölib qolgan. Sotuvçi ma’lum muddat dilerga uşbu pulni qaytara olmagan. Barçasi şundan boşlangan.
100 ming dollarlik reja
Biznes şeriklar örtasida 17 mln söm “oldi-berdi” bölgan öşa kunlarda Şohnur Xalilov Zayni Eşonqulovga sim qoqib, uni Marğilonga çaqirgan. “Ikkita korxona dilerligini oldim. Kelsangiz uşbu korxonalardan tovar olib beraman”, degan u va Telegram orqali lokatsiya taşlab bergan.
Uning gaplariga işongan poyabzal sotuvçi 2024 yilning 22 aprel kuni otasi va turmuş örtoği bilan birga Marğilon şahriga qarab yölga çiqqan. Uni Xalilov Marğilon şahridagi katta aylanma yöl böyida kutib olgan hamda öz maşinasiga mindirgan.
“Hozir ofisga boramiz. Şohimardondan bir örtoğim keldi. U Rossiyaga borib, katta pul işlab topgan. Undan pul olib, birga tadbirkorlik qilamiz. Örtoğim oldida mendan biznes uçun 100 ming dollar qarz olganingizni aytib, uni qaçon qaytarişingizni sörayman. Örtoğimning köp puli bor, uni özaro hamkorlikka işontiriş uçun şunaqa deyman”, deya iltimos qilgan Şohnur Xalilov yöl-yölakay Zayni Eşonqulovdan.
Poyabzal sotuvçi uning gaplariga işonib, garçi 100 ming dollar qarzi bölmasa-da, bunga rozi bölgan.
Şohimardonlik “puldor” kim?
Mavzuga oid
Xalilov biznes şerigiga aytgan şaxs Nozim Qodirov edi. Ammo u Rossiyadan katta miqdorda pul işlab kelgan puldor emas, şunçaki Şohnur Xalilovga çuv tuşgan inson edi. Ya’ni Xalilov tadbirkorlik qiliş va har oyda foydadan pul berib turiş şarti bilan Nozim Qodirovdan 12 ming dollar pul olgan, biroq qarzining asosiy qismini qaytarmay kelgan.
Pulini sörab borgan Nozim Qodirovga Şohnur Xalilov bir odamda 100 ming dollar qarzi borligini, şuni olsa pulini qaytarişini bildirgan. Oradan 10 kun ötib, Şohnur Xalilov Nozim Qodirovga bir odam bilan körişişlari kerakligini aytgan.
“Unda 100 ming dollar haqqim bor, ammo berayotganda tilxat yozdirib olmagandim. Uning oldida özingizni 200 ming dollar puli bor odam qilib körsatasiz, videoga olamiz”, degan Xalilov. Nozim Qodirov aytgan odamidan pulini olsa qarzini qaytaradi degan öyda rozilik bildirgan.
Şu tariqa Şohnur Xalilov har ikki tomonni aldagan.
Ofisdagi uçraşuv
2024 yilning 22 aprel kuni Şohnur Xalilov Nozim Qodirovga qönğiroq qilgan va “100 ming dollar berişi kerak bölgan odam” kelayotganini aytib, uni ofisga çaqirgan. U poyabzal sotuvçi Zayni Eşonqulovni nazarda tutgandi.
Şu tariqa, uçalasi Xalilovning ofisida uçraşgan. Jarayonda Nozim Qodirov puldor şaxs, Zayni Eşonqulov esa 100 ming dollar qarzi bor inson rolini öynagan.
“Qanaqa biznes proyekt bölsa ayting, akamizda pul bor”, degan Xalilov poyabzal sotuvçiga Nozim Qodirovni körsatib. Söngra suhbat jarayonida Eşonqulovdan 100 ming dollar qarzini qaçon berişini söragan. Bunga javoban Zayni Eşonqulov 50 ming dollarini ertaga, qolganini 5 kundan keyin berib yuborişini aytgan. Şohnur Xalilov uşbu suhbatni telefonida videotasvirga tuşirgan.
“Rostga aylangan” yolğon
Ofisdagi uçraşuvdan söng Zayni Eşonqulov Toşkentga qaytib ketgan. Oradan bir neça kun ötib, Şohnur Xalilov telefon orqali suhbatda unga puldor tanişi bizneslariga pul tikmasligini aytgan.
2024 yil 8 may kuni Xalilovning akasi A.Komilov poyabzal sotuvçiga qönğiroq qilgan hamda ukasidan olgan 100 ming dollar qarzini nega bermayotganini söragan. Bu gapdan şok holatiga tuşib qolgan Zayni Eşonqulov Xalilovdan 100 ming dollar emas, 17 mln 46 ming söm qarzi borligini bildirgan.
Şundan söng Xalilov Eşonqulovga qönğiroq qilib, 100 ming dollar qarzini berişni söray boşlagan.
Oradan ma’lum muddat ötgaç Şohnur Xalilov Zayni Eşonqulov ustidan IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Dalil sifatida ofisda yozib olingan videotasvir taqdim etilgan. Kamiga uning iltimosi bilan Nozim Qodirov tergovga ham yolğon körsatma bergan.
Şu tariqa, Marğilon şahar IIB tomonidan Zayni Eşonqulovga firibgarlik böyiça jinoyat işi oçilgan hamda u ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan. Tergov bir tomonlama olib borilib, poyabzal sotuvçi 40 kun qamoqda yotgan.
Tezkor tadbirda uşlangan tergovçi
Bu orada uşbu “delo” böyiça tergov Farğona tuman IIBga ötkazilgan hamda hammasi teskari tomonga özgarib ketgan. Ya’ni, 40 kun qamoqda yotgan Zayni Eşonqulov qöyib yuborilgan, Şohnur Xalilovga esa jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Öşa vaqtda Marğilon şahar IIB tergov bölimi boşliği lavozimida işlagan A.Murtazaqulov esa Zayni Eşonqulovni ayblaş uçun asoslar yetarli bölmayotganini aytib, Xalilovdan 30 ming dollar söragan va tezkor tadbirda qölga olingan. Bu haqda sud hukmida, Şohnur Xalilovning körsatmasida keltirilgan.
“Marğilon şahar IIB Tergov bölimi boşliği A.Murtazaqulov meni çaqirtirib, dalillar tasdiqlanmayotgani va Z.Eşonqulovni ayblaş uçun asoslar yetarli bölmayotgani sababli 30 ming dollar berişni, şunda jinoyat işi sudga çiqişini, uşbu puldan öziga heç qançasi qolmasligini aytdi. Şundan söng tanişlarim bilan gaplaşib, A.Murtazaqulovning harakati noqonuniy ekanini bildim. 2024 yil noyabr oyida uning ustidan DXXga ariza bilan murojaat qildim.
A.Murtazaqulovga nisbatan tezkor tadbir ötkazildi. Tadbir jarayonida A.Murtazaqulovni ofisimga çaqirtirib, unga 500 dollar berdim. A.Murtazaqulovni uşlaşdi va u işdan ketdi. Şu holatdan keyin jinoyat işi böyiça tafsilotlar teskarisiga ketib, A.Murtazaqulovga nisbatan tadbir qilib berganim uçun tergov organi Z.Eşonqulovni qamoqdan qöyib yuborib, menga nisbatan nohaq ayblov e’lon qildi”, degan Şohnur Xalilov öz körsatmasida.
Yuzaga çiqqan haqiqat
Şohnur Xalilov “öyini” va yuzaga keltirgan sun’iy dalillari bilan hatto tergovçilarni ham çalğita olgandi. Ammo yakun baribir u öylagani kabi bölmadi. Haqiqat qaror topdi.
Xalilov tergovdagi körsatmasida Zayni Eşonqulov 2023 yil noyabr oyi örtalarida Marğilon şahridagi ofisiga bir özi Gentra maşinasida kelib, undan 100 ming dollarni olib ketganini aytgan. Zayni Eşonqulov esa 2023 yilda umuman Marğilon şahriga kelmagani, şuning uçun 2024 yil 22 aprel kuni kelganida Şohnur Xalilov unga lokatsiya taşlab bergani bildirgan. Xalilovning bu yolğoni Zayni Eşonqulovga tegişli telefon raqamining detalizatsiya va plingatsiya ma’lumotlari bilan rad etilgan.
Qolaversa, sudda Nozim Qodirov puldor odam rolini Xalilovning iltimosiga köra öynaganini, tergovda ham yolğon körsatma berganini tan olgan.
Yana bir guvoh O.Obidov ham Şohnur Xalilovning iltimosi tufayli dastlabki tergovda Zayni Eşonqulov Xalilovning ofisidan qölida qora yelim idişda nimadir olib çiqib ketganini körgani haqida yolğon körsatma berganini, aslida uni tanimasligini aytgan.
Şohnur Xalilov sudda aybiga iqrorlik bildirmagan. U Zayni Eşonqulovga tuhmat qilmaganini, unda haqiqatan ham 100 ming dollar haqqi borligini, bu pullarni yillar davomida işlab topganini ma’lum qilib, öziga nisbatan oqlov hukmi çiqarişni sörgan.
Biroq uning aybi jabrlanuvçi va guvohlarning körsatmalari, yuzlaştiriş bayonnomalari, Eşonqulovga tegişli telefon raqamlarining detalizatsiya va plingatsiya ma’lumotlari hamda boşqa dalillar yiğindisi bilan öz isbotini topgan deb hisoblangan.
Şohnur Xalilov sudda aybiga iqror bölmasdan, öziga nisbatan nohaq ayblov e’lon qilingani, Marğilon şahar IIB tergov bölimi boşliği A.Murtazaqulovga nisbatan tadbir qilib bergani sababli jinoyat işi böyiça tafsilotlar teskarisiga ketib, tergov organi Eşonqulovni qamoqdan qöyib yuborgani va uni qamab qöygani haqidagi körsatuvi yuqoridagi dalillar bilan rad etilgan.
Jazo
Sud hukmi bilan Şohnur Xalilov Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismi “a, b, g” bandlari (oğir yoki öta oğir jinoyat sodir etişda ayblab, oğir oqibatlar kelib çiqişiga sabab bölgan holda ğarazgöylik yoki boşqa past niyatlarda tuhmat qiliş) hamda 237-moddasi 2-qismi “a, g” bandlarida (ayblovning sun’iy dalillarini vujudga keltirgan holda oğir yoki öta oğir jinoyat sodir etişda ayblab yolğon xabar beriş) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga har bir modda böyiça tayinlangan jazolarni qisman qöşiş yöli bilan uzil-kesil 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Şuningdek, Şohnur Xalilovdan jabrlanuvçi Zayni Eşonqulov foydasiga 50 mln söm ma’naviy zarar undiriş belgilangan.
Ruslan Saburov,
Kun.uz
Sud materiallari asosida tayyorlandi.