IIV YHXBB tomonidan ma'lum qilinishicha, bunga ko‘p miqdorda qor yog‘gani sababdir.
“Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi Taxtiqoracha dovonida ko‘p miqdorda qor yog‘ganligi bois dovon orqali transport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatildi”, - deyiladi xabarda.
Avvalroq, IIV Qamchiq dovonidagi vaziyat bo‘yicha haydovchilarni ogohlantirgandi. Unda Qamchiq dovonida qor yog‘ib, havo harorati 16 daraja sovuq ekani aytilgan.











