2021 yilda Tojikiston bilan uzilgan 64 km elektr liniya qayta tiklanadi, loyiha qiymati 14,7 mln dollar
Prezident Shavkat Mirziyoyev 15 mart kuni Qashqadaryo viloyatida hamda respublika suv ta'minoti, elektr energiyasi yetkazib berish sohalarida joriy yilda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.
Yuzaga kelayotgan elektr energiyasidagi yetishmovchiliklarni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston va Tojikiston energetika tizimida hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda. Ya'ni aholining elektr energiyasi iste'moli ortgan vaqtda yuzaga keladigan talab shu orqali qondiriladi. Energetika tizimida bajariladigan bu loyiha uchun jami 14,7 mln dollar mablag‘ yo‘naltiriladi.
Taqdimotda ishtirok etgan Kun.uz muxbirining xabar berishicha, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruv raisi Dadajon Isaqulov Tojikiston bilan uzilgan elektr liniyasi 2021 yilda qayta tiklanayotgani haqida gapirdi.
«Hozirgi kunda O‘zbekiston energetika tizimi Tojikiston bilan parallel ishlamaydi. O‘rtada 64 km liniyamizni bir paytlar demontaj qilib olgan edik. Endi shuni qayta tiklayapmiz. Tojikistonda suvdan olingan elektr bilan kechki maksimumlarni qoplashga va Tojikiston bilan parallel ishlash uchun qulay sharoit yaratadi.
64 km liniyani qurib bitirishga 14,7 mln dollar sarfalanadi va Tojikistonning Regar stansiyasi bilan o‘zimizning Surxon podstansiyasini bog‘laymiz», – deya joriy yilgi rejalar haqida ma'lumot berdi «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruv raisi Dadajon Isaqulov taqdimot paytida.
Tavsiya etamiz
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
«Tashabbusli budjet» loyihalariga ovoz berish boshlandi
O‘zbekiston | 00:58 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

16:51 / 08.03.2025
Chiqindidan qarzdorlarning svet uchun to‘lov qilishini cheklash haqidagi qonun imzolandi

19:06 / 03.03.2025
Energetika vazirligiga elektr va gaz bo‘yicha ijtimoiy me’yorlar muddatini o‘zgartirish vakolati berildi

16:47 / 03.03.2025
Elektr va gaz uchun ijtimoiy limit qayta ko‘rib chiqilishi kerak

20:42 / 21.02.2025