O‘zbekiston | 10:13 / 18.03.2021
50787
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo oqimi kirib keladi

Joriy yil 19-20 mart kunlari O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, 18-20 martda respublikaning ba'zi joylarida shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 18-19 martda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

20 martda respublika hududlarida yomg‘ir yog‘adi, ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

20 martda havo harorati kechasi va kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid