Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Chirchiqdagi mahallalarda aholi bilan suhbatlashdi
Prezident Chirchiq shahriga tashrifi chog‘ida Iftixor mahallasiga kirib ko‘rdi. Ko‘p qavatli uylarda yashayotgan odamlar bilan suhbatlashdi.

«Chirchiq bir paytlar dong‘i ketgan shahar edi. Oxirgi vaqtlarda ancha «charchab» qolgandi. Tegirmon navbati bilan degandek, endi bu yerda ham hamma sharoitlarni yaratamiz. Sanoatni ko‘tarish, ish joylari ochish, yo‘lni, issiqlik ta'minotini yaxshilash bo‘yicha katta ishlarni boshlayapmiz», - dedi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyev hududdagi muammolarni, aholining talab va istaklarini so‘radi. Tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lgan yigitga yer ajratish bo‘yicha shahar hokimiga ko‘rsatma berdi. Prezidentni ko‘rishni orzu qilib, davlat rahbari oldiga chiqqan bolani bag‘riga bosib suratga tushdi.

Prezident shu yerdagi Lola mahallasida ham bo‘ldi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oila xonadoniga kirib, hol-ahvol so‘radi.





Yo‘l-yo‘lakay mehnat faxriylari bilan samimiy suhbat bo‘ldi. Ular mamlakatimizdagi tinchlik-osoyishtalik, Chirchiq shahridagi o‘zgarishlardan mamnun ekanini aytib, duolar qildi.


Mavzuga oid
11:06 / 30.10.2025
Peter Pellegrini Samarqandga amaliy tashrif bilan yetib keldi
08:48 / 30.10.2025
Shavkat Mirziyoyev YuNeSKO 43-sessiyasining ochilishida qatnashadi
20:04 / 29.10.2025
Xususiy sektorda band bo‘lgan shaxslarga ham nafaqa to‘lanishi yo‘lga qo‘yiladi
13:52 / 29.10.2025