O‘zbekiston | 08:56 / 18.03.2021
6900
2 daqiqa o‘qiladi

Qiynoq holatlarini aniqlash tizimi takomillashtiriladi - Prezident qarori loyihasi

Prezidentning “Qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Quyidagilar qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimi samaradorligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilanadi:

  • qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini xalqaro huquqning inson huquqlari sohasidagi umume'tirof etilgan prinsiplari va normalariga muvofiqlashtirish;
  • qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish;
  • qiynoq holatlari to‘g‘risidagi murojaatlarning tezkor va xolisona ko‘rib chiqilishi hamda aybdor shaxslarning muqarrar javobgarlikka tortilishi mexanizmini takomillashtirish;
  • qiynoqdan jabrlanganlarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatilishini hamda ularga yetkazilgan zarar kompensatsiya qilinishini ta'minlash;
  • qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish faoliyatiga fuqarolik jamiyati institutlari keng jalb qilinishini, ularning davlat organlari bilan samarali hamkorligini ta'minlash;
  • qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha faoliyat natijalari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni keng jamoatchilikka yetkazish;
  • qiynoqlarning oldini olish borasida xalqaro tashkilotlar, xalqaro nohukumat tashkilotlar hamda xorijiy milliy preventiv mexanizmlar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid