09:00 / 21.03.2021
3104
Reklama

Bizning Uylar Development kompaniyasi xalqimizni Navro‘z bayrami bilan tabriklaydi

Bizning Uylar Development kompaniyasi mamlakatimiz aholisini bahor ayyomi Navro‘z bayrami bilan tabriklaydi! Eng qadimiy bayramlardan biri Navro‘z kun va tun tenglashgan kunda nishonlanadi. Navro‘z butun dunyoda yangilanish, bahoriy xush kayfiyat ayyomi sifatida tantana qilinadi. Bu ayyom sabab ko‘p asrlik an'analar, tabiatning yangilanishi va uyg‘onishi bilan birga har bir inson hayotiga yangilik, baxt keltirishiga bo‘lgan yorqin ishonch saqlanib qolgan.

Bizning Uylar Development kompaniyasi bayram bilan tabriklab, barchaga xush kayfiyat, umid-ishonch, iliqlik va yorqin o‘zgarishlarni tilaydi! Bahorning ushbu go‘zal kunlarida qalbingiz nurga to‘lsin, oilangizda tinchlik-totuvlik hukm sursin! Siz azizlarga uzoq umr, mustahkam sog‘liq, muvaffaqiyat va omad, barcha orzularingiz ro‘yobini tilaymiz.

Chin yurakdan ayyom bilan qutlab, bahoriy bayram har biringizning hayotingizga yangi g‘alabalar va yuksak marralar, oilangizga farovonlik, to‘kin dasturxon, baxt-saodat olib kelishini tilaymiz!

Bizning Uylar Development kompaniyasi

Sayt: bizninguylar.uz

Instagram: @bizninguylar

Telegram: t.me/bizninguylar

Facebook: fb.com/bizninguylar

 Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top