Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda yuk mashinasi tirkamasi bilan birga ag‘darilib ketdi
Samarqandda yuk mashinasi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Og‘ir yuk ortib ketayotgan yuk mashinasi yo‘l chetiga tirkamasi bilan birga ag‘darilib ketgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB ma'lum qilmoqda.
Qayd etilishicha, 2021 yil 23 mart kuni soat 08:05 larda M-37 Samarqand–Ashxobod xalqaro avtomobil yo‘lining 40-kilometrida Samarqand–Buxoro yo‘nalishida harakatlanayotgan yuk mashinasi haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning chet qismiga ag‘darilib ketgan. Natijada uning ustidagi yuklar to‘kilgan. Mazkur yuk mashinasida 1 nafar haydovchi bo‘lgan va sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida unga shikast yetmagan.
Ta'kidlanishicha, ushbu yo‘l-transport hodisasi Oqdaryo tumani IIB YHXB tomonidan qonuniy tartibda rasmiylashtirilgan va yuk mashinasi hamda uning tirkamasi maxsus texnikalar yordamida o‘nglab qo‘yilgan.



Mavzuga oid
11:08 / 04.03.2026
Yo‘l bezoriligini targ‘ib qiluvchi akkauntlar bloklanadi - Rustam Jo‘rayev
09:20 / 04.03.2026
Qatarda 11 yoshli o‘zbekistonlik bola YTHda vafot etdi
21:38 / 02.03.2026
Samarqandda hokim delegatsiya tarkibiga oila a’zolarini qo‘shgani ma’lum bo‘ldi
10:06 / 01.03.2026