Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarshi shahrida o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Katta tezlikda harakatlangan «Lasetti» boshqaruvni yo‘qotib, daraxtga borib urilgan. Oqibatda unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan shaxs vafot etgan.
IIV axborot xizmatining ma'lum qilishicha, 2020 yil 18 mart kuni soat 23:00lar atrofida Qarshi shahar Alisher Navoiy ko‘chasi bo‘ylab katta tezlikda harakatlanib kelgan «Lasetti» avtomashinasining haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomonidagi daraxtga borib urilgan.
Oqibatda ushbu avtomashinada yo‘lovchi sifatida kelayotgan fuqaro Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo viloyati filialiga yotqizilgan. Xabarda aytilishicha, ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan yo‘lovchi vafot etgan.
Qayd etilishicha, mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:23 / 12.05.2026
OKMKning xizmat avtomobili ikki o‘quvchini urib yubordi: ularning biri vafot etgan
10:46 / 09.04.2026
Toshkentda voyaga yetmagan haydovchi boshqaruvidagi Lacetti avariyaga uchradi
15:37 / 20.06.2025
Hisorak suv omboridan Qarshi shahrigacha ichimlik suv tarmog‘i tortiladi
13:05 / 14.04.2025