Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiylik shaxmatchi qiz jahon chempionatida ishtirok etadi
Navoiy shahridagi 2-umumta'lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi Barchinoy Shokirjonova shaxmat bo‘yicha Gruziyaning Batumi shahrida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Shaxmat bilan bolaligidan shug‘ullanib kelayotgan Barchinoy 2018 yil Rossiya Federatsiyasining Sochi shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. 2019 yil esa maktab o‘quvchilari o‘rtasida Osiyo chempionatida 13 yoshlilar orasida 3-o‘rinni egallagandi.
Joriy yil 14 yoshgacha qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatida standart, rapid va blis yo‘nalishlarida tengsiz deb topilgan shaxmatchi qiz endi jahon chempionatida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.
Mavzuga oid
08:38 / 05.05.2026
Superligada jahon chempionati yakuniga qadar tanaffus e’lon qilindi
19:23 / 17.04.2026
Prezident Sindorovga «Mehnat shuhrati» ordenini shaxsan topshirdi
18:33 / 15.04.2026
Sindorov turnirni yana bir rekord bilan yakunladi
16:31 / 15.04.2026