Qiynoq uchun jinoiy javobgarlik kuchaytiriladi
Bosh prokuratura tomonidan ishlab chiqilib, Oliy Majlisga taqdim etilgan qonun loyihasida qiynoqqa solish va qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llaganlik uchun jazo choralarini kuchaytirish hamda qiynoq va boshqa shafqatsiz xatti-harakatlar natijasida zarar ko‘rgan fuqarolarga moddiy va ma'naviy zararning davlat tomonidan qoplanishi mexanizmini qonun darajasida mustahkamlash nazarda tutilmoqda.
Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan «Qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirish» mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida Bosh prokuratura boshqarma katta prokurori Elyor Jabborov qonun loyihasidagi yangiliklarni ma'lum qildi.
Unga ko‘ra, qiynoq bilan bog‘liq jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 64-moddasiga asosan javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilish hamda 73-moddasiga asosan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish kabi normalarning qo‘llanmasligi nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, qiynoq uchun JK 235-moddasining ikkinchi qismining sanksiyasida ozodlikdan mahrum qilish jazosini 7 yildan 10 yilgacha, uchinchi qismining sanksiyasida 10 yildan 15 yilgacha uzaytirish taklif etilmoqda.
Bundan tashqari, Fuqarolik kodeksining 991 va 1021-moddalariga qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash bilan bog‘liq jinoyat natijasida fuqaroga yetkazilgan moddiy va ma'naviy zarar tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sud mansabdor shaxslarining aybidan qat'i nazar to‘lanishiga oid qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindistonning Jammu aeroportida portlashlar yuz berdi - AFP
Jahon | 00:23
-
Toshkentdan Lohurga uchadigan reyslar bekor qilinadi
O‘zbekiston | 23:40 / 08.05.2025
-
Toshkentning ayrim ko‘chalarida 9 may kuni transport vositalari harakati cheklanadi
Jamiyat | 23:21 / 08.05.2025
-
"Ekkan hosiligacha bozor bahosida hisob-kitob qildik" - Shuhrat Abdurahmonov
O‘zbekiston | 22:49 / 08.05.2025
Mavzuga oid

14:12 / 28.04.2025
Qiynoqqa solish holatlari to‘g‘risidagi murojaatlarni tezkor tekshirish mexanizmi joriy etiladi

17:12 / 05.06.2023
Bo‘kada tergovga jalb etilgan fuqaro kasalxonada vafot etdi

17:38 / 02.06.2023
“O‘g‘lim o‘zini tashlagan bo‘lsa, videoni ko‘rsatishsin” – Chilonzor IIBda tergov qilinayotib vafot etgan 21 yoshli yigitning otasi

11:19 / 09.05.2023