Transport vaziriga yana bir o‘rinbosar tayinlandi
Prezident Administratsiyasi xodimi transport vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2021 yil 29 martdagi qarori bilan Abdusamad Abduvohidovich Mo‘minov O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Abdusamad Mo‘minov 1975 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1997 yilda Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari institutini temir yo‘l transporti aloqa, telemexanika va avtomatikasi muhandisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Bunga qadar Abdusamad Mo‘minov Prezident Administratsiyasi transport salohiyati, bojxona ma'muriyatchiligi va logistikani rivojlantirish shu'basi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, hukumatning 2020 yil 30 oktabr kungi 670-son qarori bilan Ilhom Rustamovich Mahkamovga O‘zbekiston transport vaziri vazifasini bajarish yuklatilgan. Bungacha u transport vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2021 yilning 22 fevral kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisda Ilhom Mahkamov nomzodini transport vaziri lavozimiga ma'qullagan edi.
Transport vazirligi saytidagi ma'lumotlarga ko‘ra, Ilhom Mahkamovning 4 nafar o‘rinbosari mavjudligi (Rahmonbek Usmonov, Abdurahmon Abduvaliyev, Jasurbek Choriyev va Akmal Mirzayev), faqatgina vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimi vakant hisoblanishi ko‘rsatilgan. Abdusamad Mo‘minov vakant lavozimni egallagani yoki boshqa o‘rinbosarlardan birini almashtirgani ma'lum emas.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Harvard bu raundni yutdi”: universitet AQSh ta’lim vazirining xatolarga to‘la xatini tekshirib, o‘ziga qaytarib yubordi
Jahon | 00:01
-
Britaniyada uchuvchi o‘ng va chapni adashtirib yuborgani uchun samolyotda yong‘in chiqdi
Jahon | 23:57 / 09.05.2025
-
Tramp boylar uchun soliqni oshirish taklifini berdi
Jahon | 23:06 / 09.05.2025
-
Urganch-Istanbul-Urganch reys texnik sabablarga ko‘ra bekor qilindi
O‘zbekiston | 22:37 / 09.05.2025
Mavzuga oid

19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi

17:31 / 07.05.2025
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga direktor tayinlandi

11:53 / 06.05.2025
IIVda axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosar lavozimi tugatildi, yangi departament tuzildi

11:24 / 06.05.2025