Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda o‘ldirilgan ayolning qotili o‘zining eri ekani ma'lum bo‘ldi
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida o‘ldirilgan ayolning qotili o‘zining turmush o‘rtog‘i bo‘lib chiqqan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 2021 yilning 23 mart kuni taxminan soat 12.00 lar chamasida, Sariosiyo tumanining Nilova mahallasida yashovchi I.Q. turmush o‘rtog‘i B.L. ismli ayolni «hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir» tan jarohati bilan Sharg‘un shahar tez tibbiy yordam bo‘limiga olib kelgan. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganda ayol vafot etgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan 23 mart kuni Sariosiyo tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va IIB xodimlari tomonidan B.L.ning qasddan o‘ldirilganligi holati bo‘yicha tezkor qidiruv va surishtiruv ishlari olib borilgan.
Ma'lum bo‘lishicha, I.Q. hamda uning turmush o‘rtog‘i B.L. o‘rtasida oilaviy kelishmovchilik bo‘lgan. Surishtiruv va tergov davomida ushbu jinoyatni I.Q. sodir etgani aniqlangan. 24 mart kuni I.Q. jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlanib, ehtiyot chora sifatida qamoqqa olingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:03 / 24.03.2026
Konfet qog‘ozi rossiyalik ayolning qotilini aniqlashga yordam berdi
08:22 / 13.03.2026
Namangan va Surxondaryoda mansabdorlarning noqonuniy harakatlari to‘xtatildi
14:28 / 12.03.2026
Germaniyada 16 yoshli ukrainalik ikkita qotillik uchun 10 yilga qamaldi
15:27 / 10.03.2026