O‘zbekiston | 23:57 / 01.04.2021
7496
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda birinchi kuni 5 mingdan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati 1 aprel - vaksinatsiyaning ilk kunida 5018 kishi ixtiyoriy ravishda emlangani haqida ma'lumot berdi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Vaksinatsiyaning ilk bosqichida 65 yosh va undan oshgan fuqarolar hamda tibbiyot xodimlari emlanishi ko‘zda tutilgan. 

«1 aprel holatiga ko‘ra, 1871 nafar 65 yoshdan yuqori fuqaro va 3147 nafar tibbiyot xodimi emlandi.

Vaksinatsiya bo‘yicha kunlik hisobda Toshkent shahridan 1651 nafar fuqaro emlanib, hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan. 

Emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha keyingi o‘rinlarni Farg‘ona viloyati (467 nafar), Qashqadaryo viloyati (389 nafar), Toshkent viloyati (317 nafar) band qildi», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.

Emlash jarayonlari davom etadi.

Mavzuga oid