Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UzCard tizimida yana muammolar kuzatildi. Ayni vaqtga kelib tizim faoliyati tiklangan
Bugun, 4 aprel kuni butun O‘zbekiston bo‘ylab UzCard tizimida muammolar yuzaga keldi. Bu haqda soat 11:58da Payme kompaniyasi ma'lum qildi.
«Butun respublika bo‘yicha UzCard faoliyatida — to‘lov tizimlari bo‘yicha ham, terminallar bo‘yicha ham muammolar kuzatilyapti. Iltimos, ehtiyot bo‘ling. Vaziyat o‘zgargani haqida sizga xabar beramiz», deyiladi kompaniya axborotida.
Kunning ikkinchi qismida tizim faoliyati tiklangani xabar qilindi.
«Yagona umumrespublika protsessing markazi 2021 yil 4 aprel kuni soat 11:05 dan 11:50 gacha texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan E-POS, POS terminallarining qisqa muddatli uzilishlari haqida xabar beradi. Ayni paytda barchasi o‘z rejimida ishlamoqda. Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz», deyilgan UzCard ma'lumotida.
Payme kompaniyasi soat 13:26da tizim faoliyati tiklangani haqida xabar bergan.
«UzCard tizimi bo‘yicha to‘lovlar va pul o‘tkazmalari doimgidek ishlamoqda», deyiladi ma'lumotida.
Mavzuga oid
17:00 / 09.12.2025
Ma’noli sovg‘alar ulashing: payme Yangi yil arafasida ayollar biznesini qo‘llab-quvvatlashga chorlamoqda
19:00 / 19.02.2025
Payme’da shaxsni tasdiqlash: bu nima uchun kerak va qanday o‘tish mumkin?
14:43 / 30.01.2025
Onlayn to‘lov tizimlari bozorida Payme ustun mavqega ega deb topildi
12:00 / 18.07.2024