Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gulnora Karimovadan musodara qilingan «Sijjak» oromgohi sotuvga qo‘yildi
«Sijjak» va «Beldirsoy» oromgohlari, «Poytaxt» biznes markazi va «Malika» savdo majmuasi doxil 8 ta yirik davlat aktivi ommaviy sotuvga qo‘yildi.

Foto: AsiaTerra
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi prezident farmoniga muvofiq xususiylashtirilishi belgilangan 8 ta davlat obektini ommaviy savdoga chiqardi.
Aktivlarning 5 tasi Toshkent shahrida joylashgan. Ular quyidagilar:
- «Poytaxt» biznes majmuasi. 14 qavatli bino, maydoni 34 ming kvadrat metr. Binoda xalqaro konferensiyalar va biznes forumlar o‘tkazish mumkin.
- «Gazetalar ishlab chiqarish majmuasi» binosi. 1,2 gektar yer maydoniga ega. Undan ma’muriy bino va ofis sifatida foydalanish mumkin.
- «Ma’muriy bino» (Sobiq Respublika birja markazi). Umumiy maydoni 1,1 gektar. Binoda savdo, xizmat ko‘rsatish va tomosha konsert faoliyatini yo‘lga qo‘yish mumkin.
- «Malika» savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi. Yer maydoni 4,1 gektar. Majmuada 120 dan ziyod tadbirkorlik sub’yekti va savdo markazi faoliyat olib bormoqda.
- «Ichan qal’a» mehmonxona majmuasi. Yer maydoni 0,6 gektar. Otelda 58 ta xona hamda 5 ta alohida kottejlar bor.
Qolgan 3 ta davlat aktivi Toshkent viloyatida joylashgan bo‘lib, ular yil davomida ishlaydi va tayyor biznes shaklida investorlarga taklif etilmoqda.
- «Beldirsoy» dam olish maskani. Yer maydoni 46,1 gektar. Oromgoh 78 o‘ringa mo‘ljallangan mehmonxona va 16 ta kottejdan iborat.
- «Qizil suv sport sog‘lomlashtirish» MChJ. Yer maydoni 5,9 gektar. 110 kishilik 8 ta kottej, konferens zal, mini futbol maydonchasi, suzish havzalari bor.
- «Sijjak» dam olish maskani. Yer maydoni 5,4 gektar. Restoran, kinoteatr, qishki bog‘, bar, sauna, sport zallari, ochiq va yopiq suv inshootlari, kottejlarni o‘z ichiga oladi.
Ma’lumot uchun, Bo‘stonliqdagi «Sijjak» oromgohi birinchi prezidentning qizi Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan, 2017 yil fevralida sud ajrimi bilan musodara qilingan edi. Keyinchalik bu maskan Triatlon federatsiyasiga vaqtincha tekin foydalanishga berilgandi.
Sotuvga qo‘yilgan 8 ta obektni Davaktiv saytidagi «Virtual ko‘rish 360» formati orqali ko‘rish mumkin.
Xarid uchun takliflar 2021 yil 30 aprelga qadar qabul qilinadi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01
-
Prezidentning Jizzaxga tashrifi, ijtimoiy obektlarning geoportali, shahodatnomadagi baholarning imtihonda inobatga olinmasligi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18
Mavzuga oid

17:09 / 17.07.2025
Bloomberg: O‘zbekiston Mobiuz'ni 300 mln dollarga sotmoqchi

22:42 / 13.06.2025
O‘zbekiston o‘zi bilan bir xil reytingga ega davlatlardan qonun ustuvorligi borasida ortda qolmoqda - Moody’s

15:52 / 10.06.2025
Britaniya moliya tashkiloti O‘zbekistondagi xususiylashtirish loyihalarida ishtirok etadi

23:10 / 09.06.2025