Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda «Malibu» bilan o‘zaro to‘qnashgan «Hyundai Bongo» ag‘darilib ketdi
Foto: IIB YHXB axborot xizmati
Samarqand shahridagi chorrahalardan birida «Hyundai Bongo» hamda «Malibu» rusumli mashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Oqibatda «Malibu»ga jiddiy zarar yetgan. «Hyundai Bongo» esa ag‘darilib ketgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, bugun 9 aprel kuni soat 21:30 larda, Samarqand shahridagi Ibn Sino va Dahbed ko‘chalari kesishgan chorrahada, 1995 yilda tug‘ilgan haydovchi A.J. boshqaruvidagi «Hyundai Bongo» hamda 1994 yilda tug‘ilgan haydovchi F.X. boshqaruvidagi «Malibu» rusumli mashinalar o‘zaro to‘qnashib ketgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu yo‘l-transport hodisasida hech kim tan jarohati olmagan. Ammo har ikkala mashinaga ham jiddiy zarar yetgan.
Qayd etilishicha, mazkur «avariya» yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, to‘qnashuv sodir bo‘lish sabablariga oydinlik kiritilmoqda.
Mavzuga oid
07:23 / 05.05.2026
Prezident Samarqanddagi OTB yig‘ilishida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
15:48 / 30.04.2026
50 dollarlik ofis va minglab mijoz: tasodifiy buyurtmani katta biznesga aylantirgan samarqandlik tadbirkor hikoyasi
15:10 / 30.04.2026