Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbek tilidagi BASCO platformasi – biznesingizni avtomatlashtirishda ko‘mak beradi!
BASCO platformamiz o‘zbek tilida 25 yillik biznes tajriba asosida ishlab chiqilgan. Ushbu platforma o‘z ichiga:
- CRM bo‘limi;
- Savdo bo‘limi;
- HR bo‘limi;
- Kassa bo‘limi;
- Ombor (sklad) bo‘limi;
- Nazorat bo‘limi;
- Rahbar bo‘limi va oylik maosh hisob-kitoblarini birlashtirgan.
Bu bo‘limlar ichida rahbarning 2-3 kunlab vaqtini oladigan jarayon – xodimlarga oylik maosh hisoblashdir. Chunki oy davomida har bir xodimning qancha avans olgani, xodimlar uchun belgilangan KPI'lar hisob-kitobi, unga necha pul rag‘batlantirish berilishi, o‘tgan oydan qancha qarzi borligi, oylik maoshidan ushlanmalar necha pulni tashkil qilishi kabi ko‘plab hisob- kitoblarni jamlab chiqish muammolari va qisqa muddat ichida xodimlar maoshini aniq taqsimlash murakkab jarayondir. Biz BASCO platformamizda bu barcha jarayonlarni juda qisqa fursatda amalga oshirishni bitta funksiya ostiga batafsil joylashtirganmiz.

Nima uchun aynan BASCO platformasi siz uchun qulay yechim bo‘la oladi?
Birinchidan, biz sizga nafaqat platforma o‘rnatib beramiz, balki 10 kun ichida xodimlaringizga platformada qanday ishlash va undan foydalanishni offlayn yoki onlayn tarzda o‘rgatamiz. Shu bilan bir vaqtda BASCO platformasiga mijozlaringiz bilan hisob-kitoblar, xodimlar maoshi, omboringizdagi mahsulotlaringiz va kassangiz qoldiqlarini to‘liq kiritib, parallel ravishda kompaniyangiz hisob-kitoblarini shu platformada yuritish ko‘nikmasiga ega bo‘lasiz. Ya'ni, biz sizning kompaniyangiz bilan individual tarzda ishlaymiz. Ishonchimiz komilki, bu platforma sizga yoqadi. Chunki bu platforma hozirgi kunda amaliyotda ko‘plab kompaniyalarga foydasi tegib kelmoqda.
Ikkinchidan, BASCO platformasi 20-25 yillik biznes tajribalari va instrumentlarini o‘zida jamlagan universal dasturiy yechim. Agar siz o‘zingiz mutaxassis dasturchilar bilan birga xuddi shu kabi platforma yaratib, kompaniyangizni tizimlamoqchi bo‘lsangiz, buning uchun siz bir necha oy yoki yil vaqtingiz va nakdingizni sarflaysiz.
Uchinchidan, birgina BASCO platformasini o‘rnatish ko‘p muammolarga yechim beradi. Microsoft Excel dasturida yoki daftarlarda yuritadigan hisob-kitoblaringiz atigi 10 kundan so‘ng yagona tizimga joylashtiriladi.
To‘rtinchidan, BASCO platformasining afzalliklaridan yana biri, sotuvchilaringiz uchun alohida, boshqa xodimlar uchun aloxida KPI'larini siz belgilagan miqdorda avtomatik hisoblash, ishbay va oklad maosh hisoblash tizimlari mavjud.
Beshinchidan, BASCO platformasi yordamida kompaniyangizning har bir yo‘nalishini tahlil qilib, muammoli holatlarni ko‘rish va o‘z vaqtida to‘g‘ri qarorni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Platformaning shu va boshqa imkoniyatlari xaqida batafsil ma'lumot olish uchun bizga murojaat qiling:
Telegram-bot: @bascoUZBot
Telefon: +998917780101, +998917781010
Reklama huquqi asosida