Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon shahri yaqinida «Yangi Andijon» massivi quriladi
Andijon shahri yaqinida qariyb 4 ming gektarlik, 411 ming aholiga mo‘ljallangan «Yangi Andijon» turar joy massivi qurilishi kutilmoqda. 12 aprel kuni massivning bosh rejasi prezidentga taqdimot qilindi.
Andijon – O‘zbekistonda aholi eng zich joylashgan shaharlardan. Shaharning o‘zida rivojlanish uchun bo‘sh joy yo‘q, deya xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.
Umumiy maydoni qariyb 4 ming gektar bo‘lgan yangi shaharning bosh rejasiga ko‘ra, u 1439 gektar turli qurilmalar, ya'ni uy-joy, savdo maskanlari va kichik sanoat zonasi, 1820 gektar yashil hudud, 223 gektarlik xizmat ko‘rsatish hududi va 499 gektar yo‘llardan iborat bo‘ladi.
«Eng muhimi, bu massiv aholi uylari bo‘lmagan, qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan bo‘sh maydonda barpo etiladi. Turar joy massivi qurilishi natijasida 411 ming nafar aholi yashashi mumkin bo‘lgan yangi shaharcha paydo bo‘ladi.
Prezident loyiha bilan tanishib, uy-joylarni puxta va sifatli loyihalashtirish, uni amalga oshirishda mahalliy mutaxassislarning salohiyatidan unumli foydalanish, unda imkon qadar ko‘proq yashil hududlar, bog‘ va xiyobonlar tashkil etilishini, aholining dam olishi va mehnat qilishi uchun qulay sharoitlarni nazarda tutish bo‘yicha topshiriqlar berdi», – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
- Ma'lumot uchun, 440 mingdan ortiq aholi yashaydigan Andijon – aholisi zichligi bo‘yicha O‘zbekistondagi ikkinchi shahar. 2021 yil boshida shaharning 1 kv.km hududiga 741 kishi to‘g‘ri kelgan.
- Eslatib o‘tamiz, prezident o‘tgan yili kuzda Andijonga borganida, Asakada Asaka Sity qurilishi ma'lum bo‘lgandi. «O‘zavtosanoat» quradigan Asaka City qariyb 100 mln dollarga tushishi xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston AQSh fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy etdi
O‘zbekiston | 20:36 / 03.11.2025
Afg‘onistonda nima uchun zilzilalar ko‘p sodir bo‘ladi?
Jahon | 19:36 / 03.11.2025
Fuqarolar hayotiga xavf tug‘diradigan “zapravka”lar boshqa joyga ko‘chiriladi
O‘zbekiston | 19:07 / 02.11.2025
O‘zbekiston aholisi oziq-ovqatga daromadining 1/3 qismini sarflamoqda – tahlil
Iqtisodiyot | 17:58 / 01.11.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid
20:27 / 31.10.2025
Andijondagi maktabda ishchilar va o‘qituvchilar texnik spirtdan zaharlandi. Ulardan biri vafot etgan, uch kishi shifoxonada
11:06 / 30.10.2025
Peter Pellegrini Samarqandga amaliy tashrif bilan yetib keldi
08:48 / 30.10.2025
Shavkat Mirziyoyev YuNeSKO 43-sessiyasining ochilishida qatnashadi
20:04 / 29.10.2025