Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda IREX filiali qaytadan ochiladi. U 15 yil avval yopilgandi
O‘zbekiston Adliya vazirligi tomonidan 2021 yil 12 aprel kuni bosh tashkiloti AQShda joylashgan Xalqaro tadqiqotlar va almashuvlar kengashining (IREX) O‘zbekistondagi filiali davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Filialning asosiy maqsad va vazifalari O‘zbekistonda farovon va teng huquqli jamiyat qurilishiga hissa qo‘shish, yoshlar imkoniyatlarini kengaytirish va bo‘lajak rahbarlarni tarbiyalash, sifatli ta'lim hamda axborot olish imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘maklashish, O‘zbekistonga ingliz tili sohiblarini jalb qilgan holda, o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda talabalarning ingliz tilini intensiv ravishda o‘rganishini ta'minlashga ko‘maklashishdan iborat.
Filial o‘z maqsad va vazifalarini Xalq ta'limi, Innovatsion rivojlanish, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirliklari hamda Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Ma'lumot uchun, IREX O‘zbekistonda 2006 yilda sud qarori bilan yopilgan.