Qozog‘istonda Su-30 qiruvchi samolyoti falokatga uchradi
16 aprelda Qozog‘iston chegara xizmatining Su-30 qiruvchi samolyoti Qarag‘anda oblastida falokatga uchradi. Ma'lum qilinishicha, ekipaj a'zolari orasida qurbonlar yo‘q.

Foto: TASS
«O‘quv-mashg‘ulot parvozlari vaqtida SU-30SM samolyoti Balxash shahridagi o‘quv-aviatsiya markaziga qo‘nish vaqtida falokatga uchradi», deb ma'lum qilingan Qozog‘iston mudofaa vazirligida.
Ta'kidlanishicha, voqea mahalliy vaqt bilan soat 20:45da yuz bergan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, ekipaj a'zolari orasida halok bo‘lganlar yo‘q. Uchuvchilar katapulta qilishga ulgurishgan va hozirda shifokorlar nazoratida qolmoqda.
Voqea tafsilotlari aniqlashtirilmoqda. Samolyotning qulash joyiga maxsus komissiya jo‘natilgan.
Ta'kidlanishicha, roppa-rosa bir yil avval – 2020 yil 16 aprelda Qarag‘anda shahri yaqinida Qozog‘iston harbiy-havo kuchlarining MiG-31 qiruvchi samolyoti falokatga uchragandi.
2021 yil 13 mart kuni Almati aeroporti yaqinida An-26 samolyoti halokatli qo‘nishni amalga oshirgan. O‘sha aviahalokat oqibatida 4 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 2 kishi omon qolgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, samolyot Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasining aviatsiya xizmatiga tegishli bo‘lgan.
Mavzuga oid

19:15 / 03.05.2025
Ukraina Qora dengiz ustida Rossiyaning Su-30 qiruvchi samolyotini urib tushirdi

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

21:03 / 27.02.2025