Diplomatlarni nima uçun haydaşmoqda?
Rossiyalik 18 diplomat çiqarib yuborilişi haqida şanba kuni boş vazir Andrey Babiş va içki işlar vaziri Yan Gamaçek (u 12 apreldan taşqi işlar vaziri vazifalarini ham bajaradi) tomonidan şoşilinç ravişda çaqirilgan matbuot anjumani vaqtida e'lon qilindi.
Gamaçek çiqarib yuborilayotgan diplomatlar Rossiya maxsus xizmatlari - GRU va SVR bilan hamkorlik qilişda gumonlanayotganini ma'lum qilgan.

«Çexiya taşqi işlar vaziri sifatida Pragadagi Rossiya elçixonasida işlayotgan barça xodimlarni öz yurtiga qaytarib yuborişga qaror qildim. Ularning hammasi Rossiya maxsus kuçlarining ofitserlari ekani bizning maxsus xizmatlar tomonidan foş etildi. 48 soat içida elçixonaning 18 nafar xodimi mamlakat hududidan çiqib ketişi lozim», degan u.
«Radio Praga» xabar berişiça, boş vazir Babiş uşbu maxsus xizmatlarning agentlari 2014 yil Zlin şahri yaqinidagi Vrbetitse qişloğida joylaşgan öq-dori omborida röy bergan va ikki kişining hayotiga zomin bölgan portlaşga aloqadorlikda gumonlaş uçun asoslar borligini aytib ötgan.
Diplomatlar Çexiyani 48 soat içida tark etişi kerak böladi. Gamaçek bu holat Praganing Moskva bilan munosabatlariga jiddiy darajada darz keltirişini tan olgan. «Ammo biz munosabat bildirişimiz kerak. Biz Buyuk Britaniya 2018 yilda Solsberidagi [Skripallarni] zaharlaşga uriniş röy berganda qanday vaziyat bölgan bölsa, şunday vaziyatdamiz», deya vazirdan iqtibos keltiradi TASS.
2018 yil 4 mart kuni Solsberida GRUning sobiq zobiti Sergey Skripal va uning qizi asab tizimini falajlovçi «Noviçok» moddasi bilan zaharlangandi. Britaniya prokuraturasi bu hujumda rossiyalik Ruslan Boşirov va Aleksandr Petrovni ayblagan, şu bilan birga, bu nomlar öylab topilgan bölişi mumkinligini qöşimça qilgandi.
Boşirov va Petrov qidiruvda
Çexiya politsiyasi şanba kuni alohida bayonot bilan çiqib, Rossiya pasportiga ega bölgan ikki şaxs, Ruslan Boşirov va Aleksandr Petrov qidiruvda ekanini ma'lum qildi.
Politsiyaning tvitterdagi sahifasida 2018 yilda britan politsiyasi tomonidan Skripallarni zaharlaşda gumonlangan va keyinroq RT telekanali boş muharriri Margarita Simonyanga intervyu berib, Solsberiga tarixiy binolarni tomoşa qiliş uçun borişganini aytib çiqqan ikki şaxs surati joylaştirildi.
Národní centrála proti organizovanému zločinu SKPV, žádá v souvislosti s prověřováním okolností závažné trestné činnosti o pomoc při pátrání po dvou osobách. https://t.co/SJ5Opg5gXD#policiepp pic.twitter.com/oACMrPYSbg
— Policie ČR (@PolicieCZ) April 17, 2021













